Metall konstruksiyalarni tayyorlash
Taxminiy xarajatlar: 4–4,5 mln. so`mdan boshlab.
Ushbu ishlab chiqarishga hozirgi kunda xususiy uy-joy qurilishi kengayayotganligi sababli juda talab kuchli. Bunda siz turli eshiklar, soyabonlar, darvozalar, himoya panjaralari va boshqa atributlarni tayyorlashingiz mumkin. Bunday mahsulotga talab yuqori bo`lganligi sababli ularni sotish muammo tug`dirmaydi. Ishlash uchun sovuq payvandlash, payvandlash apparatlari kerak bo`ladi. Bu korxonaning ish samaradorligini va foydasini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu sohada ish tajribasiga egaligingiz sizga faqat ustunlik beradi. Sotish uchun qurilish, ta`mirlash firmalariga murojaat qilganingiz ma`qul.
Penobloklar tayyorlash
Taxminiy xarajatlar: 6–8 mln. so`mdan boshlab.
Ushbu ishlab chiqarish turi ham boshlovchi tadbirkorlar orasida juda keng tarqalgan. Bunday qiziqish penobloklarga bo`lgan talabning yuqoriligi va uni sotishning osonligidan kelib chiqqan. Bundan tashqari ushbu biznes juda retabelligi yuqori va unga sarflangan xarajatlar 1-2 oyda qoplanadi. Penobetonning quyidagi hususiyatlari unga bo`lgan talabning yuqori bo`lishiga sabab bo`lmoqda:
issiqdan himoyalash;
shovqindan himoyalash;
yuqori mustahkamlik (tosh konstruksiyalar darajasida).
Bloklarning formalarini tayyorlash uchun maxsus asboblarning keragi yo`q. Uni o`zingiz faneradan tayyorlab olishingiz ham mumkin. Beton qorgichni esa dastlabki vaqtlarda ijaraga olib tursangiz ham bo`ladi. Keyinchalik ishni yengillashtiruvchi qo`shimcha asboblarni sotib olishingiz mumkin bo`ladi.
Quruq qurilish aralashmalarini tayyorlash
Taxminiy xarajatlar: 3–3,5 mln. so`mdan boshlab.
Bu holda assortimentni o`zingiz tanlaysiz. Bunda har bitta mahsulot aniq bir ishn ibajarish uchun mo`ljallangan ekanligini bilishingiz kerak. Asosiy iste`molchilaringiz qurilish va ta`mirlash firmalari va birigadalari bo`ladi. Aynan shuning uchun ham ular bilan hamkorlik haqida oldindan qayg`urishingiz, mahsulotlarn iyetkazib berish bo`yicha taklif berishingiz kerak. Har bitta aralashmaga bo`lgan talab qanday ekanligini oldindan aytib berish qiyin. Bekorga harakat qilmaslik uchun ish boshlashdan oldin o`z hududingizda qaysi aralashmalarga talab mavjudligini yaxshilab o`rganib chiqishingiz kerak bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |