Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qanday sotish mumkin
Sotishning juda ko`plagan usullari mavjud va ularning har biri o`ziga xosdir. Ular sizning ko`nikmalaringiz, bilimlaringiz, moliyaviy imkoniyatlaringiz va boshqalarga bog`liqdir.
Mahsulotlaringizni ijtimoiy tarmoqlarda yoki o`zingizning saytingizda sotishingiz mumkin.
Shahar bo`ylab e`lonlar yopishtirib chiqishingiz yoki gazetalarga, televizorg ae`lon berishingiz mumkin.
Tanishlaringiz orqali shahardagi magazinlarga sotishingiz mumkin.
O`zingiz mustaqil magazin ochishingiz yoki bozorda joy olishingiz mumkin.
Tanishlaringiz orqali yoki internetda buyurtmachilarni topib, ulgurji sotishingiz mumkin.
Yana ko`plagan boshqa variantlarni o`ylab topishingiz mumkin. O`zingizning sharoitingizni tahlil qiling va turli manbalardan foydalangan holda o`z mijozlaringizni qidiring. Shunda ularni albatta topasiz.
Xulosa
Hozircha miyamga kelgan va topgan g`oyalarim shular. Asosiysi – siz ular ichidan o`zingizga kerakli nimanidir topa olganingizdir. Shundagina ushbu biznesda natijalarga erish aolasiz.
Yana sizda ushbu g`oyalarni to`ldirishga yordam berishingizni so`rayman. Buning uchun o`z g`oyalaringizni quyidagi sharxlar maydonida qoldirishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |