Qo`ziqorin yetishtirish
Taxminiy xarajatlar: 2–2,5 mln. so`mdan boshlab.
Bunday ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish uchun albatta ruxsatnomangiz bo`lishi kerak. Qo`ziqorin yetishtirishga quyiladigan talab juda qattiq bo`ladi. O`g`itlash uchun kompost kerak bo`ladi. Bugungi kunda eng talab katta bo`lgan qo`ziqorinlar bu:
Shampinonlarni yetishtirish juda qiyin ish. Lekin undan olinadigan daromad meva va sabzavotlarnikidan ancha yuqoridir. Sertifikatsiyadan o`tgan mahsulotlarni siz supermarketlarga ham xususiy shaxslarga ham sotishingiz mumkin. Xususiy shaxslarga kattaroq narxda ham sotish mumkin.
Pishloq ishlab chiqarish
Taxminiy xarajatlar: 50 mln. so`mdan boshlab.
Ushbu yo`nalish daromad olish va keyinchalik rivojlanish bo`yicha katta istiqbolg aega. Qonuniy ishlash uchun turli litsenziyalar va tayyor mahsulot uchun sertifikatlar olish kerak. Dastlab pishloq ishlab chiqaruvchi mini sexni ishga tushirish kerak. Veterinariya sertifikati ham kerak bo`ladi va un isiz sut sotuvchidan olishingiz mumkin. Quyidagi pishloq mahsulotlariga talab kuchli?
qattiq;
yarim qattiq;
yumshoq;
tuzlangan.
Ularning biror turini o`z loyihangizga qo`shish vaqtida ularning har biri alohida asbob-uskunalarni talab qilishini bilishingiz kerak. Shuning uchun bitta turidan boshlash kerak va daromad ola boshlashingiz bilan boshqa turlariga ham o`tishingiz mumkin. Pishloqqa juda ko`plagan talablar qo`yiladi va ularg arioya qilish kerak bo`ladi. Buning uchun standartlarni o`rganib chiqishingiz kerak.
Ishlash uchun katta maydon kerak bo`ladi (taxminan 350 m2). U yerda quyidagilar bo`lishi kerak:
ishlab chiqarish sexi;
achitish sexi;
tuzlash sexi;
muzlatish kameralari.
Quyidagi asboblar kerak bo`ladi: qozonlar, rezervuarlar, presslar, achitqichlar, sterilizatorlar, nasoslar, konteynerlar va boshqalar. Bunday biznes ishlab chiqarish hajmidan qat`xiy nazar katta boshlang`ich kapital talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |