Ushbu maqolada biz uyda tashkil qilish mumkin bo`lgan ishlab chiqarishlarni ko`rib chiqamiz
Download 31.64 Kb.
|
biznes goya 43
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo`lda ishlangan qutichalar
- Qo`lda ishlangan vitrajlar
Qo`l ishlari
Ushbu blokka tadbirkordan alohida ko`nikmalar va qobiliyat talab qiladigan ishlab chiqarish turlari kiritilgan. Polimer loydan dekorativ bezaklar Taxminiy xarajatlar: 800–1 mln. so`mdan boshlab. Shunday mahsulotlar sotadigan magazinlardan sizning asosiy ustunligingiz narsalarning individualligi va unikalligi bo`ladi. Jarayon texnik nuqtai nazardan juda oddiy. Ishlash uchun maxsus taxta, turli o`lchamlardagi pichoqlar, material, turli bezaklar va zanjirlar kerak bo`ladi. Mahsulotga bo`lgan talab yuqori bo`lishi uchun o`zingizning fantaziyangiz, ishtiyoqingiz va mahoratingizni ishga solishingiz kerak. Tannarxning pastligi qo`lda ishlangan narsalardan yaxshigina daromad olishg aimkon beradi. Qo`lda ishlangan qutichalar Taxminiy xarajatlar: 300–400 ming so`mdan boshlab. Quticha tayyorlashning variantlari juda ko`p. Ularni yog`ochdan, faneradan, chig`anoqlardan, munchoqlardan va boshqa materiallardan yasashingiz mumkin. Barcha xarajatlar faqat kerakli materiallarni sotib olishga bo`ladi. Qiziqarli g`oyalar va sxemalarni internetdan topishingiz mumkin. Qutichaning ichini qoplash, qo`l ushlaydigan joylashrini bezashga ham alohida e`tibor qilish kerak. Agar mahsulot yetarlicha katta bo`lsa, unga tegishlicha kattalikdagi ko`zgu o`rnatish kerak. Uzuklar, sirg`alar, zanjirlarni mahkamlash joylarini ham yaratish kerakligiga e`tibor qarating. Qo`lda ishlangan vitrajlar Taxminiy xarajatlar: 1,4–1,8 mln. so`mdan boshlab. Bunday bezaklar interer bezagi uchun ishlatiladi. Vitrajlarni devorlarga, to`siqlarga, deraza va eshiklarga yopishtirishadi. Bu sohada raqobat unchalik kuchli emas. Ishlash uchun albatta mahorat kerak bo`ladi. Badiiy qobiliyatlar ham. Ish ko`p mehant talab qiladi, lekin bahosi ham yuqori bo`ladi. Qaysi texnikadan foydalanishingizga qarab: moyli kraskalar, epoksid smolasi, kley, jelatin, turli bo`yoqlar, mis simlar va boshqalar kerak bo`lishi mumkin. Rasm rangli shishaga tushiriladi. Vitraj qilishning turli texnikalari mavjud. Siz igna bilan konturni chizib olib, uning chini bo`yashingiz yoki mis simlar bilan konturni yaratib, ularning orasini bo`yoq bilan to`ldirishingiz mumkin. Download 31.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling