Ushbu ma’ruzada arid o‘lkalardagi eol jarayonlar, iqlim mintaqalari va shamol turlari,shamolning geologik va geomorfologik ishi hamda eol relyef shakllari haqida ma’lumot berilgan. Ma’ruza №13 eol jarayonlar va relyef shakllari reja


Download 116.83 Kb.
bet3/7
Sana28.12.2022
Hajmi116.83 Kb.
#1070940
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-ma`ruza. Eol jarayonlar va relyef shakllari

Cho`llarning morfologik tiplari:
1. Qumli cho`llardagi qum zarrachalarining kattaligi 0,01 mm dan 2 mm gacha bo`lgan qirrali yoki silliqlangan (yumaloq) zarra toshlardan iborat g`ovak cho`kindi tog` jinsi. Qumlar hosil bo`lishiga qarab dengiz, ko`l, daryo, cho`l, muzlik qumlariga bo`linadi. Qum tarkibida minerallardan kvarts ko`p bo`ladi, undan tashqari tog` shpati, gilli slanets va boshqa mineral zarralar uchraydi. Qumli cho`llar allyuvial oqiziqlardan tuzilgan juda katta botiqlarda vujudga keladi, ular katta maydonlarni qoplagan va O`rta Osiyoda qum, Afrikada erg, Arabistonda nefud deyiladi. Qizilqum va Qoraqumda turli joylarda kesib o`tgan Sirdaryo, Zarafshon, Amudaryo, Taklamakan cho`lini kesib o`tgan Tarim daryosi, Avstraliya qumli cho`llarini esa Ko`per-Krik va boshqa daryolar allyuvial oqiziqlaridan tarkib topgan. Kalaxari cho`li ko`l-daryo qumlaridan tashkil topgan, Sahroi Kabir erglarini to`rtlamchi davrdagi suv oqiziqlari keltirib yotqizgan. Toshloq cho`llarda tog`-toshlarni fizik nurashidan hosil bo`lgan qum massivlari bor, ularni eol va prolyuvial yo`l bilan hosil bo`lgan qumlar ham deyish mumkin. Shunday qum massivlari Markaziy Qizilqumda, Gobi cho`lida va boshqa yuzalarda uchraydi. Qumli cho`llar toshloq cho`llarga qaraganda o`simliklar o`sib rivojlanishi uchun, tuproq hosil bo`lishi, chorvachilik va dehqonchilikda o`zlashtirilishi uchun qulaydir. Mo`’tadil mintaqa cho`llarida yoginlarning har yili yogishi qumlarda o`simlik o`sishini osonlashtiradi. Yog`in ahyon-ahyonda yog`adigan tropik cho`llarda to`zima qumlar ancha ko`p. O`zbekiston hududidagi qumli cho`llardan noto`g`ri foydalanish oqibatida qadimgi madaniy vohalar undagi qishloq va shaharlar qum ostida qolib ketgan. Masalan: Qorako`lni qum bosishidan XIX asr oxiriga kelib bu shahar o`rnida kichkinagina qishloq qolgan. Vardanzi shahri XIX asr boshida katta va obod shahar bo`lgan, asr oxiriga kelib qum ostiga ko`milib ketgan. Aynan shu vaqtlarda Romitan hududlarini ham qum bosgan, bunday ahvol 1925-30 yilgacha davom etgan va 16 mingdan ortiq aholi boshqa yerlarga ko`chib ketgan.

Download 116.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling