2. Gilli cho`llar - dengiz, ko`l, daryo va prolyuvial gilli yotqiziqlarda vujudga keladi. Ular daryolarning quyi qismida yirik yotqiziqlar yetib kelmaydigan yerlarida yotqiziladi. Gil zarrachalarining kattaligi 0,01 mm dan va undan kichik, qadimda Zarafshon daryosi Olot tumani hududida ko`plab ko`llar hosil qilgan, shular tubida gil zarrachalari cho`kishidan, gilli qatlam yer betiga yaqin, shuning uchun ham hozirgi davrda ham yoqqan yog`indan ko`plab ko`llar hosil qiladi. Bu suvlar yog`insiz davrda bug`lanib ketadi. Ko`lni qattiq tubi yuzasida tuzlar to`plangan. Bunday yotqiziqlardan gilli cho`llar hosil bo`ladi.
3. Taqir-cho`l va chala cho`l o`lkalarda pastlik joylarini egallagan ancha keng deyarli tep-tekis maydon. Yer yuzasi, asosan gil jinslardan tarkib topgan. Yog`ingarchilik vaqtida ko`pincha suv to`planib sayoz ko`llarga aylanadi. Kunlar isishi bilan suv bug`lanib ketib, taqir yuzasida betartib yoriqlar hosil bo`ladi. Taqirlar qum tepaliklari orasidagi botiqlarda, tekis pastlik yerlarda bo`ladi. Ko`pincha qadimgi daryo vodiylarida, deltalarda tog` oldi tekisliklarida uchraydi. Taqirlar odatda ikki xil bo`ladi:
1. Berk taqir asosan gildan iborat bo`ladi, unda o`simlik bo`lmaydi, yer yuzasi yorilib ketgan bo`ladi;
2. Buzloq taqirda gil bilan qum aralashgan bo`ladi, yer yuzasi uncha yorilib ketmaydi.
Koklar O`rta Osiyo cho`llaridagi taqirlarda uchraydigan tabiiy sayoz botiqlar. Koklarda bahorgi yog`ingarchilik vaqtida suv to`planadi. Yoz kelishi bilan suv qurib, yer yuzasi tuz qatlami bilan qoplangan taqirga aylanadi. Turkmaniston va O`zbekistonda gilli jinslardan tarqalgan joylarda bahorgi suvini to`plash uchun qurilayotgan hovuzlar (suv omborlari) ni ham koklar deyish mumkin. Suvidan chorva mollarini sug`orishda vaqtincha foydalaniladi.
4. Sho`rxok - cho`l va chala cho`llarda ustki qatlamlarida tuz ko`p bo`lgan tuproqlardir. Yer osti suvlarining bug`lanishi natijasida tuzlar yer ustiga chiqib qatqaloq hosil qiladi. Ustki qatlamida 10-15 % gacha tuz bo`lishi mumkin.
Sho`r - qurg`oqchil o`lkalarda yerning pastqam joylarida (gilli- sho`rxok cho`llar sho`rlar deyiladi) minerallashgan yer osti suvlarini chiqishi, ko`llarni yozda qurib qolishi natijasida hosil bo`ladigan botqoq sho`r yerlar. Masalan: Ustyurtdagi Borsakelmas shurlari.
5. Lyoss - (nemischa lyoss – g`ovak) sarg`ish yoki och sariq rangli, kaltsiy karbonatga boy mayda donador cho`kindi tog` jinsidir. Lyoss mayda chang zarralaridan (diametri 0, 05-0,01 mm) va biroz gil zarralaridan (diametri 0,01 mm dan kichik) iborat. Lyoss Xitoyda, O`rta Osiyoda, Ukrainada ayniqsa keng tarqalgan, qalinligi bir necha o`n metrga yetadi. Lyossli yerlar tashqi ko`rinishidan qumoq va qumloq jinslarga o`xshaydi, bu oxirgi ikki jismda oz bo`lsa ham qat-qatligi ko`rinadi, tashkil qilib turgan zarrachalar yirikroq rangi qoramtir va oqish bo`ladi, jar hosil qilsa devorlari lyossnikiga o`xshab tik bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |