Ushbu ma’ruzada arid o‘lkalardagi eol jarayonlar, iqlim mintaqalari va shamol turlari,shamolning geologik va geomorfologik ishi hamda eol relyef shakllari haqida ma’lumot berilgan. Ma’ruza №13 eol jarayonlar va relyef shakllari reja


Download 116.83 Kb.
bet5/7
Sana28.12.2022
Hajmi116.83 Kb.
#1070940
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13-ma`ruza. Eol jarayonlar va relyef shakllari

6. Toshloq cho`llar yoki hamadalar (Shimoliy Afrikadagi toshloq cho`llarni mahalliy xalqlar shunday nomlagan, bu atamani shu tipdagi hamma cho`llarga nisbatan qo`llash mumkin) kristalli tub jinslar yer betiga yaqin joylashgan va shu sababli ular baland bo`lgani uchun allyuviy yotqizilmagan qirli massivlarga xosdir. Ularning usti nurash mahsulotlari yirik toshlar qoplanib yotadi. Hamadalar Mang`ishloqdagi, Qizilqumdagi, Afrikadagi, Avstraliyadagi tog` massivlari va qirlarida, Nurota, Zarafshon, Hisor cho`llarida keng tarqalgan. Shamol toshlar orasidagi yoriqlarga kirib mayda jinslarni uchirib ketib, qoyalarni uzluksiz yalang`ochlab, yana isib sovishiga sabab bo`ladi. Natijada qoyalar minora, sandon, ustunlar shaklini oladi (bular ko`pincha magmatik jinslar yer betiga chiqib qolishidan hosil bo`ladi). Shamol biron mexanik to`siqqa - tepalikka kelib urilsa quyunlar (uyurma) hosil bo`ladi. Hamma tomoni berk chuqurlarni hosil qilishda quyun shamollarini faoliyati katta, quyun ba’zan o`z joyidan aylana boshlaydi, so`ng atrofga qarab harakat qiladi. Quyun yerning o`z o`qi atrofida aylanishi ta’sirida soat strelkasi bo`yicha aylanadi. Yuqoriga ko`tarilayotgan havo oqimi o`zi bilan qum va changlarni osmonga olib chiqib ketadi va joyida chuqurliklar hosil bo`ladi. Ustyurt platosini Mang`ishloq yarim orolidan ajratib turadigan Qorniyoriq sho`rxogi shamol ta’sirida hosil bo`lgan. Uni uzunligi 145 km, kengligi 15-85 km, chuqurligi 100-412 m gacha maydoni 5000 ming km2 bu tektonik yoriqdan oqar suvlar faoliyati bilan shamol ham katta ish bajargan. B.A.Fedorovichning hisobicha, shamol bu massani 1 mln yil mobaynida olib chiqib ketgan. Shu bir mln. yilni 412 m ga bo`lsak, shamol 1 yilda 0,4 mm massani olib chiqib ketganligi ma’lum bo`ladi. Ba’zan qozonsoylar va tokchasimon o`yiqlar (toshlar ichidagi tuz, gips, ohak, dolomit va boshqa jinslarni yemirilishidan aylana, tuxumsimon qing`ir-qiyshiq shaklda bo`lib, goho tartibsiz, goho deraza panjarasiga o`xshab qator-qator bo`lib joylashgan) tosh ko`ziqorinlar, tosh turlar ko`plab uchraydi. (13- rasmga qarang) Toshloq cho`llarning yassi yuzasi dag`al chaqiq jinslar- tub jinslarni nuragan mahsulotlari bilan qoplanib yotadi.
7. Gipsli cho`llar- tog` jinslarini yuzasi karbonatli bo`lib, qalin gips qatlami bo`ladi. Bunday yerlarga suv chiqarilsa tuproq qatlamlaridagi va uning tagidagi gips erib yer osti bo`shliqlarini hosil qiladi, ular suruvchi o`pkonlar deyiladi. Sug`oriladigan yerlardagi barcha suvlar shu o`pkonlar orqali yer ostiga tushib ketadi. Bunday cho`llarga Ustyurt, Malikcho`lni, Karnab cho`lini ba’zi qismlarini, Sho`rko`l suv ombori atrofidagi yer massivlar va hokazolarni kiritish mumkin. Yer yuzasini boshqa o`lkalardagi supasimon qirlarida va tog` oldi tekisliklarida ham uchraydi.

Download 116.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling