Ushbu ma`ruzada Geomorfologiya fanining obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, asosiy tushunchalari keltirilgan, fanining strukturaviy tarkibi va milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati yoritilgan
Relyef- shakl- struktura- jarayon- vaqt
Download 42.97 Kb.
|
6 1 ma`ruza “Geomorfologiya” faniga kirish Geomorfologiya fanining
- Bu sahifa navigatsiya:
- K. Markov, L. King, I. Gerasimov, Yu. Mesheryakovlardir. K. Markov
- L.King
- I.P.Gerasimov, Yu.A.Mesheryakov
- Yu.A.Skvarsov
Relyef- shakl- struktura- jarayon- vaqt.
V.Penk o`z ta’limotini yonbag`irlarni tahlil qilish asosida amalda isbotlab berdi. Uning fikricha to`g`ri yonbag`irlar endogen va ekzogen kuchlar qiymati teng bo`lganda, botiq yonbag`irlar endogen kuchlardan ekzogen kuchlar ustun bo`lganda, qavariq yonbag`irlar endogen kuchlar ekzogen kuchlardan katta bo`lganda, zinapoyasimon yonbag`irlar esa endogen va ekzogen kuchlar nisbatan bir necha marotaba o`zgargan taqdirda hosil bo`ladi. Olim tog`larning yemirilishi yonbag`irlarning chekinishi hisobiga sodir bo`ladi deb hisoblaydi. Asrimizning 30-yillaridan hozirgi kunga qadar davom etayotgan 6 - bosqich geomorfologiyasiga hissa qo`shgan olimlar K. Markov, L. King, I. Gerasimov, Yu. Mesheryakovlardir. K. Markov geomorfologik sathlar to`g`risidagi g`oyasida Yer yuzasini to`rtta sathga ajratadi: 1. Abrazion- akkumulyativ sath. 2. Denudatsion sath. 3. Yuqori denudatsion sath. 4. Qor chizigi sathi. 5. Errozion sath - bu ortiqcha. K.K.Markovning geomorfologik sathlarni tahlil qilishdan ko`zda to`tgan maqsadi yangi tektonik harakatlarning xususiyatlarini sifat va miqdor jihatdan tavsif berish imkoniyati borligini isbotladi. Janubiy Amerikalik olim L.King 1967 yilda “Yer morfologiyasi” nomli asarida asosan arid o`lkalarda relyef shakllarining hosil bo`lishiga e’tibor berilgan. Uning fikricha yer yuzasidagi yirik relyef shakllari yuqori mantiyadagi moddalarning planetar oqimlari tufayli paydo bo`ladi. Bu oqim faol va me’yorli – turg`un tektonik sikllar tarzida yuz beradi. Birinchi holatda tog`lar cho`kmalar paydo bo`lsa, ikkinchi holatda planetar miqyosda pedipenlashish jarayoni kuzatiladi. Materiklarning enlama siljishiga ham oqimlar sababchi. Tektonik turg`unlik davrida yonbag`irlar chekinib, yassilangan tekisliklar - pedimentlar tarkib topadi. Eroziya siklining yakunida tog`lar o`rnida pediplen hosil bo`ladi. To`plangan juda ko`plab geomorfologik ma’lumotlar asosida, Yer yuzasining relyefini o`rganishda Moskva Davlat Universiteti geomorfologiya kafedrasi mudiri professor I. S. Shukinning xizmati katta. Uch tomlik “Geomorfologiya” darsligi (1960, 1964, 1974) va “O`rta Osiyo geomorfologiyasi” hozirgi kunda ham ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Ayniqsa, o`lkamiz relyefini o`rganish borasida “O`rta Osiyo geomorfologiyasi”ning ahamiyati katta. “Landshaftlar geomorfologiyasi” asarida relyef geografik muhitning yetakchi komponenti ekanligini, relyef boshqa barcha tabiiy komponentlar bilan uzviy birgalikda va alohida rivojlanadi, deydi. Geomorfologiyani paleogeografik yo`nalishini o`rganish asosan akademik I. P. Gerasimov ishlari bilan bog`liq. U Qizilqum va Qoraqum cho`llarining yer yuzasi tuzilishi hamda xususiyatlarini o`rganib cho`l relyefi rivojlanish tarixini aniqladi. A.P.Karpinskiy uzoq vaqtlardan beri Yer po`stida davom etayotgan harakatlarni o`rganib, xarakterlab berdi. Bu harakat asriy tebranish yoki epirogenetik harakatlardir. Olimlar I.P.Gerasimov, Yu.A.Mesheryakovlar Yer relyefining rivojlanishida geomorfologik bosqich asosida hozirgi planetar yer relyefi asosan mezazoy erasida yuzaga kelgan deb tavsiya qiladi. Bundan tashqari olimlar geotektura, morfostruktura va morfoskulptura tushunchalarini fanga kiritdilar. Geomorfologiya taraqqiyotida N.P.Vasilevskiy, Yu.A.Skvorsovlarning g`oyasi dastlab (1940yillar) “Kichik erroziya sikli” nomi bilan yuritilgan bo`lsada, keyinchalik (1940y) “erozion akkumulyativ sikl” deb nomlangan. Yu.A.Skvarsov o`zining “Geomorfologik tahlil” va kartaga tushirish metodi (1941) nomli asarida M.Devis ta’limotiga asoslanib daryo havzalarini o`rganish nazariyasini yaratdi. Download 42.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling