Ushbu ma`ruzada Geomorfologiya fanining obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, asosiy tushunchalari keltirilgan, fanining strukturaviy tarkibi va milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati yoritilgan
Download 42.97 Kb.
|
6 1 ma`ruza “Geomorfologiya” faniga kirish Geomorfologiya fanining
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3- bosqich.
- 5-bosqich
2-bosqich. XVIII asrni ikkinchi yarmini o`z ichiga olib, bu davr katostrafizm nomi bilan tilga olinadi. Bu g`oyanining namoyondalaridan hisoblangan L. Bux, Eli De Bomandlarning asosiy g`oyasi shuki relyef qisqa davom etadigan kuchlar natijasidir deb ko`rsatadilar. Shundan so`ng yana o`zgaradi degan xulosaga keladilar. Bunda relyefni asosini hosil qiladigan kuchlar vulkanizm, tektonik va dengiz suvi harakatlari deyiladi. Rel’efning paydo bo`lishi masalasiga ilmiy yondashuv kuzatiladi.
3- bosqich. XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmini egallaydi. Bu bosqichda relyefning rivojlanishini aniqlashda evolyutsiya nazariyasiga tayana boshlanadi. Geologik jarayonlar, iqlimiy omillar, zonallik qonuniyatlari kashf etiladi. 4- bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmini egallaydi. Avstriyalik E. Zyuss (1831-1914y) “Yer qiyofasi” nomli asarida XIX asrdagi geologik va geomorfologik tadqiqotlarni umumlashtirdi. Yerning sovishi va siqilishi gipotezasining muallifi. Bu ta’limotni V.Penk qayta ishlab chiqqan va shu asosda “Yer yuzasining morfologiyasi” asarini yozdi. V.A.Obruchov 1886-1888 yillarda Qoraqumni tekshirdi va qumli relyefni to`rt tipga: barxan, do`ngqum, pushtali qum va qumli cho`l (tekislik) ga ajratdi. Ko`p mamlakatlarni, ayniqsa Xitoyni tadqiq etgan F.Rixtgofen (1833-1905 y) Osiyoning geologik va geomorfologik tuzilishini qildi. 5-bosqich - XIX asr oxiri XX asr boshlariga to`g`ri keladi. V.Deyvis o`zining “Geomorfologik ocherklar” asarini yozgan (1899y). Tekislikning tektonik kuchlar ta’sirida tog`ga aylanib, denudatsiya natijasida qaytadan yana tekislikka aylangunga qadar o`tish davrini Deyvis erozion sikl deb atagan. Eroziya siklini quyidagi formula bilan ifodaladi: Struktura-jarayon-bosqich. Eroziya siklining ro`y berishida qaysi omil yetakchi ahamiyatga ega bo`lganiga qarab, suv eroziyasi sikli, glyatsial sikl, arid (eol) sikli kabilarga ajratiladi. Bitta to`liq sikl davomida tog`larning kishidan peneplen hosil bo`ladi. Peneplen - denudatsiya natijasida tog`ning o`rnida hosil bo`lgan tekislikdir. Bir sikl davomida relyef shakllarining rivojlanishi yoshlik, navqiron yoshlik va qarilik bosqichlarini bosib o`tadi. 6-bosqich. XX asrdan keyingi davr. Ch.Layel o`zining “Geologiya asoslari” (1930 y) asarida relyef evolyutsiyasi haqida fikr yuritib, relyef asosan Yer po`sti harakatlari natijasida vujudga keladi va tashqi kuchlar ta’sirida nivelirlanadi, deb aytgan. Bu evolyutsion g`oya katastrofistlar g`oyasini inkor etadi va relyefni rivojlanishini organizm rivojlanishiga qiyoslaydi. Iqlim tektonik harakatlarga o`xshab rivojlanib boradi va asta - sekin o`zgaradi. Bunga Ch. Layel e’tibor bergan edi. Nemis geomorfologiyasi maktabining asoschisi V. Penk 1924 yilda o`zining “Geomorfologik analiz” asaridagi ta’limotini “Geomorfologik tahlil” deb atadi. Bu asarida denudatsiya va relyef shakllarini tahlil qilish yordamida hozirgi davr tektonik harakatlarini o`rganish tamoyilini ishlab chiqadi va uni morfologik tahlil deb atadi. Shu asosda yonbag`ir shaklini bunga asos sifatida o`rganib chiqadi. Shunga asoslangan V.Penk relyef shaklini rivojlanishiga tegishli formulani berdi: Download 42.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling