Ushbu ma`ruzada Geomorfologiya fanining obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, asosiy tushunchalari keltirilgan, fanining strukturaviy tarkibi va milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati yoritilgan


Download 42.97 Kb.
bet3/9
Sana28.12.2022
Hajmi42.97 Kb.
#1070971
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6 1 ma`ruza “Geomorfologiya” faniga kirish Geomorfologiya fanining

Geomorfologiya yunoncha “geo”-yer, “morfo”-qiyofa, shakl, “logos” - ta’limot, fan degan ma’noni anglatadi. Geomorfologiya fanining tekshirish ob’yekti - yer yuzasining relyefi hisoblanadi. Shuning uchun relyefni o`rganish bo`yicha izlanishlar olib borilishi natijasida yer yuzasining shakli, tuzilishi, kelib chiqishi va rivojlanish qonuniyatlarini o`rganadi. Fanning maqsadi nazariy, metodologik va amaliy asoslarini talabalarga o`rgatishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, vazifalari tariqasida tekshirish ob’yekti bo`lgan relyefning quyidagi jihatlari o`rganiladi: relyefning tasnifi, turlari, morfologiyasi, morfostrukturasi, morfoskulpturasi, genezisi, yoshi, turli mazmundagi xaritalar tuzish, relyefdan turli maqsadlarda foydalanish va muhofaza qilish. Fanning predmeti, ya’ni tekshirish ob’yekti relyefdir. Relyef deganda yer yuzasining barcha notekisliklari - shakllari tushuniladi. Kattaligi, tuzilishi, kelib chiqishi xilma-xil bo`lgan va turlicha rivojlanish bosqichidagi yer yuzasining geometrik ko`rinishi yoki yer yuzasidagi kattaligi, hosil bo`lishi va yoshiga ko`ra farq qiluvchi notekisliklar relyef deb ataladi.”Relyef” fransuzcha-“do`nglik”, “tiklik” degan ma’nolarni anglatadi. Quruqlik va okean botiqlarining bepoyon kengliklari, ulardagi keng tekisliklar va tog` tizmalari, vulkanlarning ulug`vor konussimon tog`lari, chuqur tog` daralari, tepalar, jarlar, yer yuzasida xilma-xil shakllar hosil qiladi. Geomorfologik yuza shakli va holatining o`zgarishlarini (ko`tarilganmi, cho`kkanmi, bukilganmi, yorilganmi va h.k ekanligini) bilib olish va bu asosda, mazkur o`zgarishlarga sabab bo`lgan tektonik harakatlarning kuchi va yo`nalishi to`g`risida xulosa chiqarish mumkin. Relyef barcha tabiat komponentlarining hosil bo`lishi, rivojlanishi hamda joylashishiga kuchli ta’sir ko`rsatadi. Geomorfologiya tabiiy geografiyaning tarmoqlaridan biri sifatida yer yuzasini relyefini o`rganadi va geografik qobiqning ichki qismidagi geografik muhitni o`rganuvchi komponentlardan biridir. Geomorfologiya tabiiy geografiyaning boshqa komponentlari bilan aloqada bo`lib, boshqa tarmoqlarga ko`ra asosiy hisoblanadi. Geomorfologiya nafaqat tabiiy holatda yuzaga kelgan qiyofalarni o`rganadi, balki shu bilan birga inson xo`jalik faoliyati ta’sirida paydo bo`lgan va paydo bo`layotgan relyef ko`rinishlarini ham o`rganadi.
1-REJAGA OID TEST

Download 42.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling