Ushbu ma`ruzada Geomorfologiya fanining obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, asosiy tushunchalari keltirilgan, fanining strukturaviy tarkibi va milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati yoritilgan


Download 42.97 Kb.
bet6/9
Sana28.12.2022
Hajmi42.97 Kb.
#1070971
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6 1 ma`ruza “Geomorfologiya” faniga kirish Geomorfologiya fanining

2-REJAGA OID TEST
Tektonik harakatlar bilan relyef shakllarini bog`liqligini tadqiq etadigan fan tarmog`i ......?
strukturali geomorfologiya
muhandaslik geomorfologiyasi
morfogenezis
morfometriya


3-REJA: Geomorfologiyaning shakllanishi va relyef taraqqiyoti to’g`risida olimlarning g`oyalari va ilmiy meroslari
Geomorfologiya mustaqil fan sifatida 19-asr oxiri va 20-a.sr boshlarida shakllandi. Chet el olimlaridan birinchilardan bo’lib geomorfologiyaning nazariy, metodologik va amaliy asoslarini U. M.Deyvis (Amerika geomorfologiya maktabining yetakchisi) bilan V. Penk (Yevropa geomorfologiya maktabining yetakchisi) yaratdi. Ular relyef taraqqiyotining asosiy yo’nalishlarini organizmlar tadrijiylik nazariyasiga tatbiqan ilmiy jihatdan tavsifladi. Natijada geomorfologiya Yer haqidagi fanlar orasidan mustahkam o’rin oldi. Rossiyada geomorfologiyaga P. A. Kropotkin, V. V. Dokuchayev, I. V. Mushketov, I. S. Shchukin, Ya. S. Edelshteyn, K. K. Markov va boshqalar asos soldi. Turkiston hududlarini geomorfologik o’rganishda va geomorfologiyaning nazariy konstepstiyalarini ishlab chiqishda 20-asrning o’rtalari va 2-yarmida birmuncha yutuqlarga erishildi. Bu davrda geomorfolog olimlar geomorfologik sathlar, geotektura, Yerning morfostrukturasi va morfoskulpturasi, morfologik haqida ilmiy fikrlarni rivojlantirdilar. Yer po’sti va mantiyasining tarkibi haqidagi yangi ma’lumotlar asosida yer relyefi va Dunyo okeani tubi relyefining kelib chiqishi va rivojlanishi haqida yangi konstepstiyalar yaratilmoqda. Relyefni tasniflash, flyuvial, karst, muzlik, to’ng yer, eol relyeflarning shakllanishi, qirg`oqlar morfologiyasi masalalarini ishlab chiqishda katta yutuqlarga erishildi. 1990-yillarda regional geomorfologik tadqiqot kilishda salmoqli ishlar qilindi. Geomorfologik xaritalarni tuzish metodikasi ishlab chiqilmoqda. Tadqiqot qilishningxaritagrafik metodi, aerometod, geodezik va geofizik metodlar, stastionar va eksperimental tadqiqot metodlari takomillashtirilmoqda. Relyef geometriyasi, kinematika va dinamikasi masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Geomorfologiyaning rivojlanishiga o’zbekistonlik olimlardan G`. O. Mavlonov, M. M. Mamatqulov, O. Yu. Poslavskaya, A. A. Abdujabborov, N. A. Kogay, G. F. Tetyuxin va boshqalar ham salmoqli hissa qo’shdilar. Xalqaro miqyosda geomorfologiya ishlarini koordinastiyalash Xalqaro geografiya ittifoqining komissiya va yordamchi komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi (amaliy geomorfologiya, geomorfologik xaritagrafiyalash metodikasi va boshqalar bo’iicha). O’zbekistonda geomorfologlarning ishlari va geomorfologiya masalalari O’zbekistan FA Seysmologiya instituti qoshidagi Geografiya bo’limi tomonidan koordinastiyalanadi va Geografiya jamiyatining syezdlarida muhokama qilinadi.
Fanning yuzaga kelishi va rivojlanishi geologiya va geografiya fanlari bilan bog`liq bo`lib, yevropaliklardan VII asr oldin Yer yuzasining qiyofasi haqida ma’lumot qoldirganlardan biri Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy O`rta Osiyoni va boshqa ko`pgina Sharq mamlakatlarini kezib chiqib, “Yer tasviri” nomli muhim asarida Yer yuzasidagi shakllar haqida fikr yuritgan. Abu Rayhon Beruniy O`rta Osiyoning uzoq geologik o`tmishdagi relyefi, shu bilan birga Amudaryo oqimida ro`y bergan relyefdagi o`zgarishlarni tekshirib chiqqan edi. U suv hamda shamolning yer yuzasida hosil qiladigan qiyofalarini har tomonlama o`rgangan. Beruniy o`zining “Saydana” asarida yer yuzasining shakli o`zgarib turishini Qoraqum va Qizilqumda olib borgan paleontologik qazilmalari natijasida, bu qumlar bir vaqtlar dengiz tubida bo`lganligini asoslab beradi.
Geomorfologiya fanining asoschilaridan biri V.M.Lomonosov bo`lib, u “Yer qatlamlari to`g`risida” nomli asarida relyefning rivojlanishi, Yerning ichki va tashqi kuchlari bilan bog`liq deb ko`rsatadi. S.P.Krashennikov rus olimi 1737-1741 yillarda Kamchatkada bo`lib, vulkanlarni o`rgandi. Vulkanlar hosil qilgan relyef shakllari to`g`risida ma’lumotlar to`plangan.
XIX asrning 2 - yarmida yashagan rus olimi P.A.Kropatkin materik muzlanishlari nazariyasini asoslab, uning paydo bo`lishida yuzaga keladigan relyef shakllarini ko`rsatib o`tdi. V.V.Dokuchayev daryo vodiysini yuzaga kelishi daryo faoliyatining oqibati ekanligini asoslab berdi.
XIX asr oxirida akademik A.P.Pavlov tekisliklar relyefi qiyofasi va uni taraqqiyoti to`g`risida ma’lumotlar qoldirgan.
Geomorfologiya so`zini XIX asrning oxirida birinchi bo`lib ishlatgan tadqiqotchi olim Vilyam Dauson. Yer yuzasi morfologiyasi tushunchasini 1852 yilda fanga kiritgan nemis olimi K.F.Nauman. Birinchi bo`lib ilmiy geomorfologiya tushunchasini ishlatgan fransuz olimi J.Pauel, rus adabiyotlarida geomorfologiya so`zini kiritgan olim V.Laskarev. XIX asrning ikkinchi yarmida va XX asr boshida geomorfologiya fan sifatida geologik va topografik ma’lumotlar asosida yuzaga keldi. Fanning yuzaga kelishida ikkita geomorfologiya maktabining xizmati katta:
a) Amerika maktabining asoschisi U.M.Deyvis;
b) Yevropa maktabining asoschilari nemis olimlari F.Rixtgofen, A.Penk va V.Penklarning xizmati katta.
Nemis olimi A.Penk o`zini “Yer yuzasini geomorfologiyasi” (1894 yil) asarida, relyefni tabaqalashtirish bilan birga, Yer yuzasi qiyofasi to`g`risida umumlashtiruvchi ma’lumot bergan. Amerikalik geograf V.M.Deyvis tomonidan relyef taraqqiyoti nazariyasi yaratildi, geografik sikl ta’limotiga asos solindi. Nemis olimi V.Penk tomonidan yozilgan “Morfologik tadqiqot” (1924 y) asarida morfologiyaning yangi nazariy asoslarini berdi. Olim o`zini ishida asos qilib denudatsion jarayonlarni yer po`stidagi tektonik harakatlar bilan bog`liqligini asoslab berdi.
Geomorfologiya fani taraqqiyotini tadqiqotchi olim N.I.Nikolayev shartli ravishda 6 bosqichga ajratgan. Eramizdan oldingi asrlardan to XVIII asr o`rtalarigacha bo`lgan yillarni qamrab olgan davr ilmiy geomorfologiyagacha bo`lgan birinchi bosqichdir. Eramizdan oldin yashagan Aristotelning dengiz bilan quruqlikni vaqt o`tishi bilan o`rin almashtirib turadi degan fikri mavjud. Relyef doimo rivojlanishda ekanligini asoslab bunday jarayonlar bundan keyin ham takrorlanadi, deb ta’kidlagan. Shu bosqichda mutafakkirlar relyefni suv va olov o`zgartiradi deb hisoblaganlar. Balki qadimgi Yunon va Rim olimlari harakatdagi vulkanlarning olovli lavalarini, halokatli dengiz to`lqinlari va oqimlarini ko`rib shunday fikrga kelgandirlar. Buyuq geografik kashfiyotlar davrida fan taraqqiy etmadi, unga din, cherkov ta’sir etdi. Lomonosov 1763 yilda yozgan “Yer qatlamlari haqida” asarida relyefni rivojlanishi to`g`risida fikr yuritib, relyef endogen va ekzogen kuchlarning o`zaro ta’siri natijasidir degan g`oyani aytib, hozirgi geomorfologiyani asosini hosil qildi.

Download 42.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling