Ushbu ma`ruzada Geomorfologiya fanining obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, asosiy tushunchalari keltirilgan, fanining strukturaviy tarkibi va milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati yoritilgan


Download 42.97 Kb.
bet1/9
Sana28.12.2022
Hajmi42.97 Kb.
#1070971
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6 1 ma`ruza “Geomorfologiya” faniga kirish Geomorfologiya fanining


Ushbu ma`ruzada Geomorfologiya fanining obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, asosiy tushunchalari keltirilgan, fanining strukturaviy tarkibi va milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek geomorfologiyaning shakllanishi va relyef taraqqiyoti to’g`risida olimlarning g`oyalari va ilmiy meroslari ham keltirilgan.


MA’RUZA №1 GEOMORFOLOGIYA FANIGA KIRISh. FANNING TARMOQLARI VA RIVOJLANISh TARIXI


Reja:
1. Geomorfologiya fanining obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, asosiy tushunchalari
2. Geomorfologiya fanining strukturaviy tarkibi. Geomorfologiya fanining milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati
3. Geomorfologiyaning shakllanishi va relyef taraqqiyoti to’g`risida olimlarning g`oyalari va ilmiy meroslari


Tayanch so’z va iboralar: Geomorfologiya, relyef, geomorfologik yuza, anamaliya, tabiat komponentlari, morfologiya, morfometriya, morfogenezis, paleontologik, geomorfologiya maktabi, sikl, peneplen, geomorfologik bosqich, katostrafizm, geomorfologik sathlar.


1-REJA: Geomorfologiya fanining obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, asosiy tushunchalari
Geograf mutaxasislar tayyorlashda kompleks geografik ma’lumotlardan tashqari, tabiatning ayrim komponentlari – relyefi, iqlimi, ichki suvlari, okean va dengiz suvlari, tuproq, organik dunyosi to`g’risida birmuncha kengroq ma’lumotlar beriladi. Biz yashab turgan Yer tabiati hayratda qolarli darajada xilma-xildir. Yer yuzasida bepoyon tekisliklar bilan birga osmono`par tog`lar va okean cho`kmalari borligi ma’lum. Yer sharining hajmi g`oyat katta bo`lishiga qaramay uning qiyofasini kuchli yer qimirlashlar, shiddat bilan oquvchi daryolar, cho`llarda bo`ladigan kuchli shamollar, Yer bag`ridan otilib chiqadigan vulkanlar, dengiz to`lqinlari keskin o`zgartiradi.
Yer yuzasidagi har qanday notekisliklarni paydo bo`lishini anglashda, ya’ni jarlik qanday paydo bo`lganligini, har xil tog` burmalarini, goh taxtaday tekis va tik qatlamlarni, daralar, sharsharalarni, tog` vodiylarini, har xil shakllardagi qoyalarni, turli-tuman dengiz qirg`oqlarini, qum tepalari va hokazolarni qiziqib tomosha qilish mumkin, bu faqat yuzaki tasavvurdan boshqa hech narsa emas, chunki bunda tashqi ko`rinishnigina ko`rish mumkin, ammo uning asl mazmuni tushunilmaydi. Geomorfologiya fani shu jarayonlarni yuzaga kelishi, hududiy taqsimlanishi va rivojlanish qonuniyatlarini o`rganadi.
Inson tabiatning bir qismi, shuning uchun ham uning hayoti va faoliyati tabiiy muhit bilan bevosita bog`langan. Yer yuzasining tuzilishi esa tabiatning bir komponenti yoki bir ko`rinishi hisoblanadi. Shu sababli ham inson Yer bilan bog`liq bo`lgan kundalik Yer ishlarida relyef shakllariga duch kelmasdan iloji yo`q.

Download 42.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling