Ushbu ma`ruzada Geomorfologiya fanining obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, asosiy tushunchalari keltirilgan, fanining strukturaviy tarkibi va milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati yoritilgan


Download 42.97 Kb.
bet9/9
Sana28.12.2022
Hajmi42.97 Kb.
#1070971
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6 1 ma`ruza “Geomorfologiya” faniga kirish Geomorfologiya fanining

V.P.Zenkovich tomonidan “Dengiz qirg`oqlarini rivojlanishi haqida ta’limot”, O.K.Leontev “Dengiz qirg`oqlarini geomorfologik asoslari” asarlari bilan fanni rivojlanishiga katta hissa qo`shganlar. S.S.Shuls Tyanshanning geologiyasi va geomorfologiyasini o`rgandi, ayniqsa tog` tizmalari hamda tog` orasidagi botiqlarning kelib chiqishi haqida asarlar yozgan.
O`zbekiston yer yuzasi relyefnini genetik tiplarga ajratib o`rgangan olima O.Yu.Poslavskaya. Mamlakatimiz yer usti qiyofasi to`g`risida ilmiy ishlar olib borgan va shular asosida ko`plab risolalar yozgan olimlardan G.A.Mavlonov, M.M.Mamatqulov va boshqalar.
O`zbekiston hududidagi karst relyef shakllarini o`rganish, uni ilmiy va amaliy tomonlarini o`rganib, fanga kiritish borasida olimlardan A.Abdujabborov, M.Mamatqulov, A.Mamatov va boshqalarning xizmatlari katta.
Geomorfologik sohada olib borilgan tekshirish ishlari tufayli tog`li o`lkalarning eng yangi tektonik harakatlari, relyefning tashkil topishi, taraqqiy etishi, zlandshaftlarning rivojlanish tarixiga va ularni tabaqalashtirish hamda bu joylarni xo`jalikni rivojlantirish xususiyatlarini aniqlashga oid masalalarga katta e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizdagi juda qalin qum yotqiziqlarining kelib chiqishi va qum relyef shakllari, cho`llarning rivojlanish tarixi, tog` etaklaridagi tekislik va adirlarning hosil bo`lishi, bu joylardagi eroziya jarayonlari kabi g`oyat qiziqarli nazariy va xo`jalik ahamiyatiga ega bo`lgan masalalar ustida tekshirishlar olib boriladi. Shunday qilib biz o`rganayotgan geomorfologiya fani o`zini rivojlanishini davom ettirmoqda.


3-REJAGA OID TEST
Quyidagi asarlardan qaysi biri Beruniy qalamiga mansub?
“Saydana”
“Yer qatlamlari to`g`risida”
“Yer yuzasini geomorfologiyasi”
“Morfologik tadqiqot” 
Download 42.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling