Geomorfologiya fanining tekshirish obyekti bu - .........
yer yuzasining relyefi
geografik qobiq
tirik organizmlar
Yer shari
2-REJA: Geomorfologiya fanining strukturaviy tarkibi. Geomorfologiya fanining milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati
Geomorfologiya fani relyef taraqqiyotini o`rganish jarayonida uni doimiy va to`xtovsiz holatda harakatlar davom etadigan, shu bilan birga ancha sekin yer yuzasining o`zgarib borishini aniqlaydi. Bu holatlar kishilarga unchalik sezilmasada, lekin relyefni o`zgartiruvchi ba’zi hodisalarni kishilar kuzatgan. Masalan: vulkanining otilishi, qumning ko`chishi. Geomorfologiya fanining amaliy ahamiyati ham katta, ayniqsa foydali qazilmalarni aniqlashda, ularni tashish uchun yo`llar qurishda relyefning ma’lum xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ularning paydo bo`lish jarayonlarini o`rganish orqali, foydalanish yo`llarini ham izlash zarurdir. Geomorfologiya geologiya, biologiya, tuproqshunoslik, tabiiy geografiya, tarix fanlari bilan uzviy aloqada bo`lib birgalikda rivojlandi. Geomorfologiya fan sifatida XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida yuzaga keldi. XX asrning o`rtalarida mustaqil fan sifatida geomorfologiyaning bir qancha yangi tarmoqlari yuzaga keldi. Bular: strukturali geomorfologiya, amaliy geomorfologiya, muhandislik geomorfologiyasi, paleogeomorfologiya, iqlimiy geomorfologiya, dinamik geomorfologiya, quruqlik geomorfologiyasi, okean va dengiz osti geomorfologiyasi tarmoqlaridir. Ko`plab olimlar planetar geomorfologiyaga e’tibor berib, yerning katta planetar shakllarini hisobga oladilar. Keyingi davrdagi ilmiy yo`nalishlarda morfometrik tarmoq ajralib chiqqan, ba’zan orometr ham deyiladi. Geomorfologiya fani bilan spelologiya, karstshunoslik, glyatsiologiya, geokriologiya, to`rtlamchi davr geologiyasi, muxandislik geologiyasi, vulkanalogiya kabi fanlar uzviy aloqada bo`ladi.
Geomorfologiyaning asosiy bo`limlari quyidagilardan iborat:
1. Morfologiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |