Ushbu ma`ruzada Geomorfologiya fanining obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, asosiy tushunchalari keltirilgan, fanining strukturaviy tarkibi va milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati yoritilgan


Download 42.97 Kb.
bet5/9
Sana28.12.2022
Hajmi42.97 Kb.
#1070971
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6 1 ma`ruza “Geomorfologiya” faniga kirish Geomorfologiya fanining

2. Morfometriya.
3. Morfogenezis.
Relyefning elementlari va qiyofasi hamda uning yuzaga kelishini aniqlash maqsadida morfologiya bo`limi vujudga kelgan. Hozirgi davrdagi eng aniq usullardan biri aerofotosyomka va kosmik syomkalarni deshifrovka qilish orqali relyefni alohida-alohida qismlari o`rganiladi. Morfologik belgilariga va yaqin atrofdagi joylanish o`rniga ko`ra (Farg`ona vodiysi va Issiqko`l) bir - biroviga o`xshash bo`lgan ikkita geografik ob’yekt olinib, ularni biri ikkinchisidan nimasi bilan farqlanishi aniqlanadi. Bu ikkala botiqni birinchisini g`arbiy tomoni ochiq bo`lsa, ikkinchisini hamma tomoni tog`lar bilan o`ralgani orqali morfologik jihatdan ajralib turadi.
Morfometriya (yunoncha- “qiyofani o`lchash”) - geomorfologiyaning bu bo`limi relyef tiplarini va elementar shakllarini sonlar orqali izohlash uslubida xarakterlashga bag`ishlanadi. Morfometrik ma’lumotlar asosan topografik kartalar ustida o`lchash ishlarini olib borish orqali hamda kosmik syomkalarni streoskopik o`rganish orqali relyef shakllarini ya’ni, daryo vodiylarining kengligi, daryo uzunligi, joylarning balandligi, yonbag`irlarning qiyaligi, yuzalarning chuqurligi va hokazolarni o`rganish orqali to`planadi. Morfometrik o`lchash ishlari asosan XIX asrning 80-yillarida K.Zonklar va olimlar tomonidan rivojlantirildi.
Morfogenezisi (yunoncha - “qiyofaning paydo bo`lishi”) - Yer yuzasi relyef qiyofasining genetik paydo bo`lish va taraqqiyotini o`rganadi. Tektonik harakatlar bilan relyef shakllarini bog`liqligini tadqiq etadigan fan tarmog`i strukturali geomorfologiya hisoblanadi.
Shuni aytish kerakki, xalq xo`jaligining juda ko`p sohalarida ish olib boradigan mutaxasislarning faoliyati bevosita yer yuzasini relyefi bilan bog`liq. Ayniqsa, dehqonchilik balandlik mintaqalarida yer ustining tuzilishiga bog`liq holatda joylashtirilgan. Shaharsozlikda, sanoat ob’yektlari, kanallar, suv omborlari, yo`llar qurilishida (quruqlik, suv va hatto havo transporti) ham relyefga juda katta e’tibor qilinadi. Favqulodda bo`ladigan hodisalardan hisoblangan qor ko`chkisi, muzlarni surilishi, qulash, o`pirilish, surilma, sellar joy relyefi bilan bog`liq holatda yuzaga keladi. Demak, Yer yuzasida qanchalik xalq xo`jalik tarmoqlari bo`lsa, shularning bevosita 80-90 % bajaradigan ishlari yer yuzasi relyefi bilan bog`liq.
Geomorfologiya bir qancha tarmoqlarga bo’linadi; umumiy geomorfologiya — relyefning shakllanishi haqidagi juda keng masalalarni o’rganadi; xususiy geomorfologiya — relyefni bir yoki bir necha alohida geomorfologik ko’rsatkichlar bo’yicha tadqiq etadi; regional geomorfologiya — yer yuzasi alohida hududiy qismlarining konkret relyefini o’rganadi; yer relyefining regional jihatdan muhim xususiyatlari sayyoraviy geomorfologiya tomonidan o’rganiladi. Geomorfologiyaning alohida tarmog`i — paleogeomorfologiya o’tmish geologik davrlarning (ko’pincha ko’milib yotgan) relyefini o’rganadi va uzok, geologik davrlarda yer yuzasining qanday bo’lganini aniqlaydi. Xo’jalikka tegishli masalalarni hal qilishda ishlatiladigan geomorfologik tadqiqotlar yakunlarining nazariy asoslari amaliy geomorfologiya tomonidan ishlab chiqiladi. Umumiy geomorfologiya bir qancha bo’limlarni o’z ichiga oladi. Ulardan eng yiriklari: materiklarning yer yuzasi relyefini o’rganadigan quruqlik geomorfologiyasi va dengiz hamda okean tubi relyefini o’rganadigan dengiz geomorfologiyasi.
Ko’pgina nazariy masalalar matematik tadqiqotlar metodi yordamida hal qilinadi. Geomorfologiyaning asosiy ish metodi dala ekspedistiyalari tadqiqotlari, geomorfologik s’yomka yordamida maxsus geomorfologik xaritalar tuzishdan iboratdir. Ekspedistion tadqiqotlar bilan birga stastionar va eksperimental asosda ham geomorfologik jarayonlar ustida tadqiqotlar o’tkaziladi. Dala ishlari xaritagrafiya va geodeziya metodlari, aerometod, geofizika va b. instrumental kuzatish metodlari asosida olib boriladi. Chunonchi, dengiz tubini geomorfologik tadqiq qilishda navigastiya apparaturasi, exolot, seysmozond va b. asboblardan foydalaniladi.
Geomorfologiya ma’lumotlaridan foydali kazilma konlarini qidirish (qidirish geomorfologiyasi), sanoat, gidroenergetika inshootlari, avtomobil va temiryo’l, dengiz portlarini loyihalashda (muhandislik geomorfologiya geomorfologiyasi), maydondan xo’jalikda va qishloq xo’jaligida foydalanish, tuproq eroziyasiga qarshi kurashtadbirlarini ishlab chikishda foydalaniladi. Geomorfologik tadqiqotlarning natijalari geologik, geografik tadqiqotlarga asos bo’lib xizmat qiladi.

Download 42.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling