Muhokama uchun savollar.
Tirik organizmlar tarkibidagi organik birikmalarni izohlang.
Biomolekulalar, biopolimerlar va kichik molekulali organik birikmalarni tushuntiring.
Nuklein kislota qanday organik birikma?
DNKning funktsiyasi, tarkibi va tuzulishi.
RNKning funktsiyasi, tarkibi va tuzulishi.
t-RNK va RNK sintezi qachon va qaerda o’tadi?
3-Asosiy savol. Genetik kod va oqsil biosintezi.
Uchinchi asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga genetik kod, kodon, oqsil, aminokislotalar va oqsil biosintezi va uning bosqichlari haqida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlar:
Genetik kod, kodon, antikodon hamda aminokislotalarning kodlanishini bilib oladi.
Oqsil, uning komponentlari, oqsilning funktsiyasi, uning hujayrada sintezlanish bosqichlarini tushuntirib bera oladi.
Uchinchi asosiy savolning bayoni.
Genetik kod. Genetik kod ta’limotiga ko’ra nuklein kislotalarida har bir aminokislotalarni taniydigan va tanlab biriktirib olib tashishda vositachilik qiladigan birin ketin uchta nukleotidlar kombinatsiyasi mavjudki, u aminokislota kodi, kadon yoki genetik kod deb ataladi. Har bir aminokislotaning o’zi uchun maxsus kodoni mavjud bo’lishi shart, aks holda kodlashning ma’nosi bo’lmaydi. Oqsil molekulasi tarkibiga kiradigan aminokislotalar 20 hil bo’lgandan kadonlar soni ham 20 dan kam bo’lishi mumkin emas. Lekin hujayradagi 20 hil aminokislotadan 18 tasi 2,3,4 va 6 kadon bilan kodlanadi. Uchta kadon UAA, UAG, UTA aminokislotalarni kodlamaydi va ular polipeptid zanjiri sintezining tuganagidan darak beradi va terminatorlar deb ataladi. Umumiy kadonlar soni 64 ta, lekin aminokislotani kodlaydigan kadonlar 61 ta. Genetik kod universaldir, u hayot paydo bo’lgandan beri milliard yillar davomida o’zgarmasdan xizmat qilib kelmoqda.
Oqsil biosintezi. Oqsil biosintezining transkriptsiya va translyatsiya bosqichlari mavjud. Transkriptsiya yadroda amalga oshadi. Transkriptsiya deb – DNK molekulasi zanjirining kichik bir qismiga komplementar ravishda i-RNK ning sintezlanishiga aytiladi. I-RNK tripletlarida oqsil tuzulishi xamda axborot yozilgan bo’ladi. Translyatsiya tsitoplazmaning ribosomalarida kechadi. Ribosomada oqsil sintezlanishida i-RNK, t-RNK, r-RNK aminokislotalarva fermentlar ishtirok etadi. Ribosomalar i-RNKda tizilib, poliribosomalarni hosil qiladi. Hir bir ribosoma i-RNK tripletiga birin ketin o’tadi. Ribosomada i-RNK tripletiga t-RNKning tripleti komplimentar bo’lsa, aminokislotalar oqsil zanjirida peptid bog’i hosil qilib birikadi. Ribosomada translyatsiya boradigan qismning kattaligi 6 ta nukleotid uzunligiga ya’ni ikkita tripletga to’g’ri keladi. Demak i-RNK bo’ylab surilib borayotgan mahalda ribosomaning funktsional markazida bir yo’la hamisha 2 ta qo’shni nukleotid tripleti bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |