Ushbu o’quv-uslubiy majmua zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oliy ta’lim muassasalari tabiatshunoslik fakultetlari agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo’nalishi 3-bosqich Tuproq biologiyasi fani o’quv dasturi bo’yicha tayyorlangan


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar


Download 0.53 Mb.
bet16/53
Sana17.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1544044
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Тупроқ

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Molekulyar biologiya, nuklein kislota, DNK, RNK, t-RNK, i-RNK, r-RNK, azotli asos, genetik kod, oqsil biosintezi, aminokislota va boshq.


Mavzuga oid muammolar:
1. Organizmlar irsiyatini boshqarishni ochib bering.
2. “DNK-RNK-Oqsil-hujayra” ketma-ketligini ifodalang.
Birinchi asosiy savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarga molekulyar biologiya fani, uning maqsadi, vazifasi va ob’ektlari haqida ma’lumot berish.


Identiv o’quv maqsadi:
1. Molekulyar biologiya fani qanday fan ekanligini izohlaydi.
2. Molekulyar biologiyaning asosiy ob’ektlarini bilib oladi.


Birinchi asosiy savol bayoni.
Molekulyar biologiya tirik organizmlarning asosiy xossalari, o’sish va rivojlanish, ko’payish va differentsiyalanishi, irsitya va immunitet, harakatlanish va tashqi muhitga moslashish kabi biologik fenomenlar molekulyar asoslarini tadqiq qilishga va tushuntirishga qaratilgan fandir.
Molekulyar biologiya – yuksak molekulyar organik birikmalarning tuzulishi va ahamiyati haqidagi eng so’nggi ta’limotlarga, genetika, mikrobiologiya, virusologiya, tsitologiya kabi biologik fanlarning hujayra va uning komponentlari haqidagi tadqiqotlarga asoslangan.
Molekulyar biologiya fanining asosiy ob’ekti – hujayrani tashkil qiladigan yuqori molekulyar organik birikmalar, oqsillar, nuklein kislotalari, uglevodlar, lipidlar ya’ni biopolimerlar, xamda mayda morfologik strukturalari, organellalaridir.
Hujayra organellalari qatoriga hujayra yadrosi, uni o’rab turgan plazmatik membrana tuzulishiga ega bo’lgan mitoxondriya, golji majmuasi, lizosoma, ribosoma, plastida, endoplazmatik to’r, mikropaychalar, vakuola va plastidalar kiradi.
Shu bilan birga molekulyar biologiya oqsil va nuklein kislotalarning o’zaro bog’lanishlari va boshqa biopolimerlar murakkab lipidlar va uglevodlar bilan hosil qilgan molekulalar, xromosomalar, miofibrillar, xromoplast kabi komplekslarni o’rganadi.
Molekulyar biologik tadqiqotlarning asosiy mazmuni biomolekulalarning tuzulishi bilan bajaradigan ishi orasidagi bog’lanishlarni aniqlash va o’rganish.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling