Ushbu o’quv-uslubiy majmua zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oliy ta’lim muassasalari tabiatshunoslik fakultetlari agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo’nalishi 3-bosqich Tuproq biologiyasi fani o’quv dasturi bo’yicha tayyorlangan


Download 0.53 Mb.
bet19/53
Sana17.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1544044
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Тупроқ

Muhokama uchun savollar.

  1. Organik kislota va aminokislotalar qanday kislotalar?

  2. Aminokislotalarning tarkibiy qismi.

  3. Aminokislotalarning guruhlari.

  4. Genetik kod. Terminator nima?

  5. Oqsil sintezida hujayralarning qaysi organoidlarida boradi.

  6. Oqsil biosintezi bosqichlari.

  7. Oqsil qanday organik birikma?

  8. Oqsilning tirik organizmlardagi ahamiyati.



3-MAVZU: GEN MUHANDISLIGI

Texnologik xarita





Bosqichlar va bajariladigan ish mazmuni

Amalga oshiruvchi, vaqt

1

Tayyorlov bosqichi:
1.1 Darsning maqsadi: Talabalarga, transformatsiya, transduktsiya, plazmid, transpozon, restriktaza, endonukleaza va gen muhandisligi haqida ma’lumot berish.
1.2 Identiv o’quv maqsadlar:
- Transformatsiya jarayonini izohlay oladi.
- Transduktsiya jarayonini tushuntirib bera oladi.
- Transpozonlar yoki ko’chib yuruvchi genetik elementlarni bilib oladi.
- Restriktaza va endonukleaza fermentlarining ahamiyatini bilib oladi.
- Gen muhandisligini izohlay oladi.
1.3 Gen muhandisligi, hujayra va xromosoma muhandisligining ijobiy va salbiy tomonlari, muammolari.
1.4 Asosiy tushuncha va iboralar: transformatsiya, transduktsiya, fag, transpozon, shtamm, lizogen, bakteriya, profag, restriktaza, vektor konstruktsiya, xujayra injeneriyasi.
1.5 Dars shakli: guruh va mikroguruhlarda.
1.6 Foydalaniladigan usul: suhbat, ma’ruza, tushuntirish, bahs, videousul
1.7 Kerakli jihoz va vosita: videoproektor, taqdimotlar.

O’qituvchi



2

O’quv mashg’ulotini tashkil qilish bosqichi.
2.1 Mavzu e’lon qilinadi.
2.2 Ma’ruza boshlanadi, asosiy qismlar, dars maqsadlari bayon qilinadi.

O’qituvchi 15 min.

3

Guruhda ishlash bosqichi.
3.1 Talabalarga muammoli savollar beriladi.
3.2 Talabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar bahsga chaqiriladi.
3.3 Umumiy xulosalar chiqariladi va to’g’riligi tekshiriladi.
3.4 Umumiy xulosaga kelinadi.

O’qituvchi – talabalar
40 min.

4

Mustahkamlash bosqichi.
4.1 Berilgan ma’lumotlarning talabalar tomonidan o’zlashtirilganligini aniqlash uchun savollar.

  • Transformatsiya nima? R shtammning S shtammga transformatsiyalanishi.

  • Transduktsiya nima? Lizogen bakteriya va lizis jarayoni

  • Transpozon yoki ko’chib yuruvchi genetik elementlar nima?

  • Restriktaza yoki endonukleaza fermentlari qanday fermentlar?

  • Gen, hujayra va xromosoma muhandisligi.

O’qituvchi – talabalar
15 min.

5

O’quv mashg’ulotlarini yakunlash bosqichi:
5.1 Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2 Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3 O’qituvchi o’z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli o’zgartirishlar kirtadi.

O’qituvchi


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling