Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari


Noan’anaviy pedagogik kengashni o‘tkazish shakllari


Download 0.57 Mb.
bet57/78
Sana07.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1245791
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78
Bog'liq
5-bob (Восстановлен)

Noan’anaviy pedagogik kengashni o‘tkazish shakllari:
Metodik ishlardan biri pedagogik kengash hisoblanadi, uni bir necha shaklda tashkil etishi mumkin.
1. Ishchanlik o‘yinlari shaklidagi pedagogik kengash. Bu pedagogik kengash jamoaning ayrim muammolar bo‘yicha hisobot tarzida ma’lum muddatda o‘tkaziladi. Bunday pedagogik kengashda guruh ishi asosiy o‘rinni egallaydi. Tashkilotchilar pedagogik kengash ssenariysini har tomonlama o‘ylab chiqishlari, rollarga bo‘lishlari, topshiriqlarni bajarishlari, reglamentga rioya qilishlari lozim. Guruh qatnashchilari topshiriqlarni bajaradilar, maqsad va vazifalarni ishlab chiqadilar, dasturlarni ko‘rib chiqadilar,chunki ular pedagogik kengash qarorlarining asosini belgilab beradilar.
2. Pedagogik kengash- konferensiya:
U bir necha qismdan iborat bo‘lib, ular: asosiy nazariy va amaliy qismdan tashkil topib, uni olib borishda uslubchi bir guruh mutaxassislar bilan birgalikda olib boradi. (musiqa rahbari, psixolog, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, logoped.) Bu mutaxassislarning boshqalarni qiziqtirgan savollarga javob berishlari, o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin. Oxirida muhokama qilinayotgan masalalar bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
3.“ Davra suhbati” shaklida o‘tkaziladigan pedagogik kengash.
Bunday pedagogik kengashni tayyorlashda rahbarlar muhokama qilish uchun muhim, qiziq masalalarni olishlari, tashkiliy qismlarni o‘ylab ko‘rishlari lozim. Masalan, qandaydir mavzuni bir guruh tarbiyachilarga berib, ularga mos keladigan adabiyotlarni tavsiya qilish mumkin. Shunda ular turli nazariyalar, yondoshishlar, fikrlar bilan tanishib, shu masala (mavzu) yuzasidan o‘ylab, o‘z nuqtai nazarlarini ishlab chiqishlari mumkin.
Davra suhbati” ni tashkil etishda asosiy qonuniyatlardan biri- har bir ishtirokchining tayyorgarligi va qiziquvchanligidir. Masalalarni hal etishda va suhbatni qiziqarli bo‘lishi olib boruvchiga bog‘liq.

  1. Vaziyatli pedagogik kengash:

Bunday pedagogik kengash bir yoki bir necha pedagogik vaziyatlarni ko‘rib chiqishi va ular shu yerning o‘zida pedagogik kengash a’zolari ishtirokida muhokama qilish lozim. Muhokamani videokamera orqali ham muhokama etish mumkin.


  1. Download 0.57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling