Pedagogik kengash quyidagilarga mas’ul
1.Ta’lim- tarbiya jarayoniga nisbatan ishlab chiqilgan yondashuvni asoslab berishga.
2. Pedagogik jamoa natijalarini to‘g‘ri baholashga.
3.Pedagogik kengashda hal qilinadigan masalalarning dolzarbligiga.
4. Pedagogik jamoa a’zolarining faoliyatini to‘g‘ri baholashga.
5. Pedagogik kengash qarorlarini o‘z vaqtida amalga oshirishga mas’ul.
Kengash yig‘ilishi quyidagi haq- huquqga ega:
1. Pedagogik kengash tomonidan chiqarilgan qaror agar kengash a’zolarining hammasi ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi va bu qaror hamma uchun majburiy hisoblanadi.
2. Pedagogik kengash raisining vazifasiga quyidagilar kiradi:
1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining kengashi faoliyatini tashkil etadi.
2. Kengash a’zolarini kengash haqida oldindan ogohlantiradi.
3. Pedagogik kengashga tushadigan ariza va boshqa hujjatlarni ro‘yxatga oladi.
4. Pedagogik kengash yig‘ilishining kun tartibini aniqlaydi.
5. Pedagogik kengash qarorlarining ijrosini nazorat qiladi.
6. Pedagogik kengash faoliyati to‘g‘risida muassasa oldida hisobot beradi.
Pedagogik kengash faoliyatini tashkil etishda ko‘riladigan kun tartibidagi masalalarni jamoaning hammasi muhokamadan o‘tkazishi lozim. Shuning uchun ham pedagogik kengash - maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqaradigan jamoaviy tashkilot hisoblanadi. Pedagogik kengash yig‘ilishida bolalar bilan olib boriladigan ta’lim- tarbiyaviy masalalar hal qilinadi, jamoa ishiga pedagogik amaliyotidagi yangi yutuqlar kiritiladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Pedagogik kengash MTT qanday ishlarni amalga oshiradi?
Pedagogik kengash tarkibiga:kimlar kiradi?
Pedagogik kengashning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi?
Pedagogik kengash haq- huquqlari va mas’uliyati?
Pedagogik kengash majburiyatlari?
Do'stlaringiz bilan baham: |