Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari


Pedagogik kengash- pedagogik faoliyatni boshqaruv tashkilotidir


Download 0.57 Mb.
bet51/78
Sana07.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1245791
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
Bog'liq
5-bob (Восстановлен)

Pedagogik kengash- pedagogik faoliyatni boshqaruv tashkilotidir.
Pedagogik kengash a’zolari tarkibiga maktabgacha ta’lim tashkilotining barcha pedagoglari, shuningdek tibbiy xodimlar kiradi.
Pedagogik kengashda asosiy hal qilinadigan masalalar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ta’lim-tarbiyasiga oid masalalar hisoblanib, undagi kamchiliklar, ularni yo‘qotish uchun qabul qilinadigan qarorlar pedagogik ishning tajriba almashinuvi hisoblanadi.
Pedagogik kengash mavzusi maktabgacha ta’lim tashkiloti yillik ish rejasida aniqlanadi, kerak bo‘lganda unga qo‘shimchalar va aniqliklar kiritilishi mumkin.
Kun tartibidagi asosiy masala pedagoglarning ish natijalari hisoblanadi:
Bolalar taraqqiyoti darajasi, ularning salomatligi; pedagog va ota- onalarning hamkorlikda olib boradigan ishlari- shular jumlasidandir.
Pedagogik kengashning asosiy vazifasi:
1.Maktabgacha ta’lim tashkilotining yo‘nalishini aniqlab beradi;
2. Muassasada foydalanish mumkin bo‘lgan ta’lim- tarbiyaviy dasturni tanlashga yordam beradi;
3. Ta’lim jarayonining mazmunini, shaklini va uslublarini belgilaydi.
4.Ta’lim muassasasining qisqa va uzoq muddatga mo‘ljallangan dastur, loyiha va rejalarini ishlab chiqadi, ularni muhokama qiladi va amaliyotga tatbiq etadi.
5. Maktabgacha ta’lim boshqaruvi tizimini demokratlashtiradi.
6. Pedagogik jarayon qatnashchilarining faoliyatini tahlil qiladi.
7. Kadrlarning malakasini oshirish, qayta tayyorlash to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqadi;
8. Malaka oshirib kelgan xodimlarning hisobotlarini tinglaydi.
9. Ilg‘or ish tajribani aniqlash, umumlashtirish va ommalashtirish ishlarini olib boradi;
10. Ota-onalarga qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil etish masalalarni ko‘rib chiqadi.
11. Ma’muriyatning yillik hisobotini tinglaydi.
12. Fan va amaliyotning ilmiy – pedagogik yutuqlarini o‘rganib boradi.
14. Pedagoglarning attestatsiyasi va rag‘batlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi.
15. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlagan muhim hujjatlarni muhokamadan o‘tkazadi, tasdiqlaydi va bajarilishini nazorat qiladi.
16. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda uning rivojlanishining istiqbol yo‘nalishini belgilaydi.
17. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim- tarbiyaga oid barcha masalalarni o‘z vakolati doirasida muhokama etadi va tegishli qaror chiqaradi.
18. Pedagoglarning ijodiy tashabbuskorliklarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar beradi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling