Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari
Davlat standarti kamida necha yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi?
Download 0.57 Mb.
|
5-bob (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi” hisoblanib , necha bob va banddan iborat
- 5. Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘quv yili qachondan boshlanib, qancha vaqt davom etadi
- Mavzu yuzasidan topshiriq. Yuqorida berilgan ma’lumotlar asosida jadvalni to ‘ldiring!
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Elektron ta’lim resurslari
2. Davlat standarti kamida necha yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi?
Besh yilda Uch yilda Ikki yilda Bir yilda “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” necha bob va banddan iborat? 5 –bob, 17-banddan 6 –bob, 17-banddan 5 –bob, 16-banddan 7 –bob, 17-banddan “Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi” hisoblanib, necha bob va banddan iborat? 8 –bob, 32-banddan 6 –bob, 30-banddan 5 –bob, 32-banddan 7 –bob, 33-banddan 5. Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘quv yili qachondan boshlanib, qancha vaqt davom etadi? 2 sentyabrda boshlanib, 31 maygacha 1 sentyabrda boshlanib, 31 maygacha 2 sentyabrda boshlanib, 30 maygacha 3 sentyabrda boshlanib, 30 maygacha Mavzu yuzasidan topshiriq. Yuqorida berilgan ma’lumotlar asosida jadvalni to ‘ldiring!
Foydalanilgan adabiyotlar Maktabgacha ta`lim va tarbiya to‘g‘risida QONUN-595-son T.:-2019 yil «Давлат мактабгача таьлим ташкилотлари педагогларининг иш ҳужжатларини тасдиқлаш тўғрисида” Т. : 2019 й. МТВ 155-сон буйруғи Qodirova F.R., Toshpo‘latova Sh.Q.,Kayumova N.M., A’zamova M.N. Maktabgacha pedagogika T.: 2019 yil Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 391-son qaror: T.: 2019 yil. “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti to‘g‘risida” gi VM 802-son qarori 2020 yil, 22 dekabr. Elektron ta’lim resurslari www. tdpu. uz www. pedagog. uz www. ziyonet. uz 6.3.MTT METODIK XIZMAT KO‘RSATISH. ILG‘OR ISH TAJRIBALARNI OMMALASHTIRISH Respublikamizda maktabgacha ta’lim bo‘limi huzuridagi O‘quv-metodik ishlarini Muvofiqlashtirish Kengashi mavjud bo‘lib, bu to‘g‘risidagi NIZOM tasdiqlangan. Ushbu nizom maktabgacha ta’lim sohasida davlat talablari asosida o‘quv dasturlar, O‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarning yangi avlodini ishlab chiqarish hamda chop etishni shuningdek didaktik vositalani amalda joriy etishni muvofiqlashtirish borasidagi faoliyatni tartibga soladi. Kengash maktabgacha ta’lim jarayoni o‘quv metodik va didaktik adabiyotlari bilan ta’minlash,ta’lim tashkilotining o‘quv metodik faoliyatini muvofiqlashtirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini hamda xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘quv jarayoniga joriy etish, axbarot komunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha metodik tafsiyalar ishlab chiqish, didaktik vositalarni amalda joriy etish, o‘quv me’yoriy hujjatlarni, o‘quv metodik va didaktik adabiyotlarni tasdiqlash hamda ta’lim jarayoniga tatbiq etish orqali ta’lim tarbiya sifatini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan kollegiyal orgin hisoblanadi40. Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoishlariga O‘zbekiston respublikasi vazirlar Mahkamasining qarorlari, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Kengash o‘z faoliyatida qonunilik oshkoralik, teng huquqlik va kollegiallik tamoilariga amal qiladi. Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi huzurida Maktabgacha ta’lim sohasida o‘quv – metodik ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar ( Hududiy kengashlar) faoliyat ko‘rsatadi. Hududiy kengashlarning asosiy vasifalar, xuquqlari ularning faoliyatini tashkil etish tartibi hamda hududiy kengashlarning o‘zaro hamkorligi Maktabgacha ta’lim sohasida o‘quv-metodik ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar to‘g‘risida namunaviy nizomlarda belgilanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari huzuridagi o‘quv-metodik ishlarni muvofiqlashtirish buyicha hududiy kengashi to‘g‘risida ham namunaviy Nizom mavjud. Ushbu Nizom maktabgacha ta’lim sohasida davlat talablari asosida ishchi o‘quv dasturlari, o‘quv-metodik va didaktik materiallarning yangi avlodini ishlab chikish va chop etishni muvofiqlashtirish borasidagi faoliyatni tartibga soladi. Qoraqolpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi o‘quv-metodik ishlarni muvofiqlashtirish buyicha Hududiy kengash tomonidan maktabgacha ta’lim jarayonini o‘quv-metodik va didaktik materiallar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘quv-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish buyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, ishchi o‘quv dasturlari hamda o‘quv-metodik va didaktik materiallarni tasdiqlash hamda amalga tatbiq etish orqali ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan. Hududiy Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Maktabgacha ta’lim vazirligiga va ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. Hududiy kengash o‘z faoliyatida qonuniylik, oshkoralik, teng huquqlik va kollegiallik tamoyillariga amal qiladi41. Maktabgacha ta’lim sohasida davlat talablari asosida ishlab chiqilgan variativ va ishchi o‘quv dasturi, didaktik o‘yinlar, metodik va tarqatma materiallari, mashg‘ulot ishlanmalari, multimediali ilovalar, pedagoglar ijodiy materiallari, ilg‘or tajribalari va shu kabi materiallari Hududiy kengashlarda ko‘rib chiqiladi va har tomonlama talabga javob bergan materiallarni foydalanish uchun tavsiya beriladi. Hududiy kengash tomonidan Respublikadagi boshqa maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tajriba tariqasida foydalanishlari uchun jamlangan materallarni Maktabgacha ta’lim vazirligining Kengashiga taqdim etiladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling