Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari


Ta’lim-tarbiya jarayonini yuqori darajada sifatli bo‘lishiga erishish


Download 0.57 Mb.
bet49/78
Sana07.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1245791
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78
Bog'liq
5-bob (Восстановлен)

Ta’lim-tarbiya jarayonini yuqori darajada sifatli bo‘lishiga erishish
Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • -Maktabgacha ta’limga qo‘yilgan davlat talablari asosida ishlab chiqilgan variativ va ishchi o‘quv dasturi, didaktik o‘yinlar, metodik ishlanmalar, tarqatma materiallari, mashgulot ishlanmalari, multimediali ilovalar, pedagoglar ijodiy materiallari, ilg‘or tajribalari va shu kabi materiallarning yangi avlodini ko‘rib chiqish hamda chop etishga tavsiya etish;

  • chop etishga tavsiya etilayotgan o‘quv-metodik va didaktik materiallarni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha qaror qabul qilish;

  • hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagoglari tomonidan yaratilgan o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlarini (bolalar adabiyoti, metodik tavsiyanoma, didaktik materiallar, elektron ta’lim resurslari) Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi o‘quv-metodik ishlarni muvofiqlashtirish Kengashiga ko‘rib chiqish uchun tavsiya berish;

  • Ilg‘or pedagogik tajribalarini ko‘rib chiqish va viloyat miqyosida ommalashtirishga tavsiya etish;

  • kengash o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘quv - metodik ishlarni muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan qarorlar qabul qilish va ularning ijrosini nazorat qilish;

  • maktabgacha ta’lim tizimining boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hududiy kengash vakolatiga taluqli zarur ma’lumot va materiallarni so‘rash va olish;

  • maktabgacha ta’lim sohasida o‘quv - metodik ishlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni tayyorlash uchun ishchi olgan ishiga olimlar va amaliyotchi-mutaxassislarni jalb etish;

  • maktabgacha ta’lim sohasida o‘quv-metodik ishlarni, ularni takomillashtirish borasidagi taklif va tavsiyalarini Hududiy kengash majlislarida muhokama qilish;

  • maktabgacha ta’lim sohasida o‘quv-metodik va didaktik materiallarni tasdiqlash va chop etishga tavsiya etish;

  • maktabgacha ta’lim sohasida o‘quv-metodik ishlarni muvofiqlashtirish borasida hududiy o‘quv seminarlari va davra suxbatlari tashkil etish.

Hududiy kengash tomonidan ommalashtirilishi tavsiya etilgan ilg‘or pedagogik, tajribalarni barcha ta’lim muassasalari amaliyotiga samarali tatbiq etilishini ta’minlash;
Hududiy kengash qonun xujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hududiy kengash faoliyatini tashkil etish
Hududiy kengash uning raisi, rais o‘rinbosari, mas’ul kotibi va a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi. Kengash tarkibi Maktabgacha ta’lim vazirining buyrug‘i bilan tasdiqdanadi. Kengash tarkibiga oliy ma’lumotli, yuqori malakali, maktabgacha ta’lim sohasida yuksak salohiyatga hamda o‘quv- metodik va didaktik adabiyotlarini yaratish borasida amaliy tajribaga ega bo‘lgan rahbar va pedagogik xodimlar hamda mutaxassislar kiritiladi.
Hududiy kengash tarkibi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi o‘quv-metodik ishlarni muvofiqlashtirish Kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.
Hududiy kengashning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda Ishchi organ deb ataladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalarining “Ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash va metodik xizmatni tashkil etish” bo‘limi hisoblanadi.
Hududiy kengashga Qoraqolpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarma boshlig‘i va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi boshlig‘i jamoatchilik asosida raislik qiladi va Hududiy kengashga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun mas’uldir.
Hududiy kengash raisining vakolatiga quyidagilar kiradi:

  • Hududiy kengash majlislari kun tartibini belgilash va majlislarni chaqirish;

  • Hududiy kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazorat tashkil etish;

  • Hududiy kengash a’zolarining Hududiy kengashga yuklangan vazifalarning bajarilishi bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish;

  • Hududiy kengash ishchi organi faoliyatini nazorat qilish;

  • Hududiy kengashning samarali ishlashini ta’minlashga doyr boshqa ishlarni bajarish.

Hududiy kengash a’zolari:

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv-metodik ishlarni muvofiqlashtirish faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yilishiga ko‘maklashadilar;

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv-metodik ishlarni muvofiqlashtirish faoliyatiga taluqli masalalar yuzasidan Hududiy kengashga takliflar kiritadilar;

  • Hududiy kengash majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda qatnashadilar;

  • Hududiy kengash muhokamasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha yozma xulosalar va og‘zaki tushuntirishlar beradilar;

  • Hududiy kengash majlislarida. qabul qilingan qarorlar ijrosini o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydilar.

Ushbu Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Hududiy kengash har yili o‘z ish rejasini tasdiqlaydi, shuningdek rais o‘rinbosari, mas’ul kotib va Kengashning boshqa a’zolari vazifalarini belgilaydi.
Hududiy kengash faoliyati bilan bog‘liq yozishmalarni yuritishda xatlar Kengash raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
Hududiy kengash o‘z blankasiga ega bo‘ladi.
Hududiy kengash o‘z faoliyatini doimiy asosda, o‘z ish rejasiga muvofiq amalga oshiradi va majlislarini zaruriyatga ko‘ra, lekin har chorakda kamida bir marta o‘tkazadi.
Hududiy kengash raisi qarori bilan, Hududiy kengash raisining o‘rinbosari yoki Hududiy kengash a’zolari yarimidan ko‘pining tashabbusiga ko‘ra navbatdan tashqari majlis o‘tkazilishi mumkin. Hududiy kengashning navbatdan tashqari majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklif zarur hujjatlar bilan birgalikda ishchi organga yuboriladi.
Hududiy kengash majlisini uning raisi boshqaradi. Hududiy kengash raisi bo‘lmagan taqdirda majlisni uning o‘rinbosari boshqaradi.
Hududiy kengash majlisi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lganda vakolatli hisoblanadi.
Hududiy kengash qarorlari majlisda qatnashganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda hududiy kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Hududiy kengashning har bir azosi qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazasini yozma ravishda bayon qilish xuquqiga ega.
Majlisni o‘tkazish uchun kvorum bo‘lmaganda, Hududiy kengashning yangi majlisi o‘tkaziladigan sana e’lon qilinadi. Yangi majlisni o‘tkazishda kun tartibini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hududiy kengash raisining ruxsati bilan majlisda uning uzrli sabablarga ko‘ra qatnashmayotgan a’zolari o‘rniga ularning vakillari ovoz berish xuquqisiz qatnashishi mumkin.
Hududiy kengash majlisiga unda ko‘rib chiqilayotgan masalalarning mohiyatiga ko‘ra maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruv organlari rahbar va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Hududiy kengash qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni rais yoki uning o‘rinbosari, shuningdek mas’ul kotib imzolaydi.
Hududiy kengash qarorlari Hududiy kengashning barcha a’zolariga va manfatdor shaxslarga yetkaziladi.
Hududiy kengashning ishchi organi faoliyatini tashkil etish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi Ishchi organ:
Hududiy kengash majlislariga tayyorgarlikni va tashkiliy - texnik jihatdan ta’minlash ishlarini amalga oshiradi;
Hududiy kengash faoliyati uchun zarur barcha hujjatlarni (taxliliy ma’lumotlar, jadvallar va x-k.) shakllantiradi va qarorlar loyihalari bo‘yicha kelishuvni amalga oshiradi;
faoliyat yo‘nalishlariga taluqli materiallarni to‘playdi, tahlil qiladi, qarorlar va chora - tadbirlar rejalari loyihalarini tayyorlaydi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv - metodik ishlarni muvofiqlashtirish ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, muvofiqlashtirish natijalari bo‘yicha hxisobot va axborot materiallarini tayyorlaydi;
Ishchi organ Hududiy kengash qaroriga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hududiy kengash qarorlarining bajarilishi natijalari haqida ishchi organ har chorakda Hududiy kengashga tegishli zarur materiallarni ilova qilgan holda taxliliy ma’lumotlarni taqdim etadi.
Ishchi organ rahbari tayyorlangan materiallar va majlis kun tartibi bo‘yicha Hududiy kengash raisiga axborot beradi, rais tomonidan ma’qullangan taqdirda, kengash majlisi bo‘lib o‘tadigan kun va vaqtni, shuningdek taklif etiladigan shaxslarni belgilaydi.
Hududiy kengash mas’ul kotibi Hududiy kengash majlisi materiallarini bayon loyihasi bilan birgalikda majlisni o‘tkazish sanasidan kamida besh kun oldin Hududiy kengashning har bir a’zosiga, zarur hollarda majlisga taklif etilgan boshqa shaxslarga taqdim etilishini ta’minlaydi.
Majlis kun tartibi o‘zgargan taqdirda, Hududiy kengash mas’ul kotibi Hududiy kengashning har bir a’zosini hamda majlisga taklif etilgan shaxslarni uch kundan kechikmay bunday o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qiladi.
Ishchi organ Hududiy kengash ishiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida uning vakolatlari doirasida zarur materiallarni maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruv organlari va tashkilotlardan so‘rash hamda olish huquqiga ega.
Hududiy kengashlar yilning har choragida amalga oshirilgan ishlar
Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi o‘quv - metodikishlarni muvofiqlashtirish Kengashiga hisobot beradilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Hududiy kengashlarining tarkibi hamda ularning nizomlari Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi o‘quv - metodik ishlarni muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Tarbiyachilarning eng yaxshi tajribalarini o‘rganish, barcha ilg‘or tajribalarini tahlil qilish va amaliyotga joriy etish maktabgacha ta’lim tashkiloti metodik ishining asosi bo‘lishi kerak.
Tajribani o‘rganish va umumlashtirish guruhlardagi tarbiyaviy ishlar holatini tizimili tarzda tahlil qilinishini nazarda tutadi. Tajribani o‘rganishning asosiy yo‘llaridan biri guruhlarga rejali tarzda kirish va pedagogik jarayon hamda kun tartibi jarayonlarining turli jihatlarini kuzatishdir. Ana shu kuzatishlar asosida tarbiyachining ishi, bolalarning xatti-harakatlari va xilma xil faoliyatlari haqida tasavvur tarkib topadi.
Uslubchining kuzatishlari maxsus daftarida fotoyozuv, tanlab yozish va shu kabilar tarzida qayd etiladi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling