Ushbu «Radiotexnika» fanidan laboratoriya ishlarini bajarishga doir uslubiy tavsiyanoma A. Qodiriy nomli jdpi ilmiy Kengashi qaroriga asosan bosishga ruxsat etildi


Download 1.51 Mb.
bet4/24
Sana18.01.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1099438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
elektrotexnika va radiotexnika

Laboratoriya ishi № 1.
Mavzu: Elektr zanjir elementlarining shartli grafik, harfli belgilarini o’rganish.



  1. Ishning maqsadi: Elektr zanjiri va uning elementlari hamda bu elementlarning shartli grafik, harfli belgilari, grafik belgilarining o’lchamlari to’g’risida ma’lumot berish va bu belgilardan tuzilgan elektr sxemalarni o’qish ko’nikmasini shakllantirish.


  1. Nazariy ma’lumot.

Elektrotexnika fani elektr energiyasini hosil qilish, uzatish va undan amalda foydalanish vositalarini o’rganadi. Bu ishni amalga oshirish uchun elektr zanjiri tuzish lozim. Zanjirning har bir elementi ma’lum bir elektrotexnik vazifani bajaradi. Elektr zanjiri tuzishdan oldin elektr sxema tuzish lozim. Elektr sxema elektr zanjirining shartli grafik va harfli belgilaridan tuzilgan grafik tasviridir. Zanjir elementlari asosiy va yordamchi elementlardan tashkil topgan. Biz talabalarni ushbu elementlarni ifodalovchi shartli belgilar bilan tanishtirishni o’z olidmizga maqsad qilib qo’yganmiz.


Grafik belgilar aylana, to’rt, uch burchak, to’g’ri chiziq kesmalari kabi geometrik shakllar bilan tasvirlanadi. Ushbu grafik belgi ikkinchi tomondan harfli belgilar bilan ham belgilangan. Zanjir elementi elektr sxemada bir necha marta takrorlansa, ular sonlar bilan ham belgilanadi. Bularning hammasi davlat standartlarida belgilab berilgan.
Radiotexnikada ham biror informasiyani uzoq masofaga uzatish uchun ham uzatish simlaridan va radioto’lqinlardan foydalaniladi. Elektr zanjir tushunchasi radiotexnikaga ham xosdir.
Quyidagi jadvalda elektrotexnik va radiotexnik zanjir elementlarining belgilari ko’rsatilgan.

1-jadval.








Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling