Usmanova Lola Ahmadovna mirzo g‘olib maktublarida fe’lga oid kategoriyalarning ifodalanishi


“Mukammal Urduye mualla” (“To‘liq a’lo urdu”)


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/36
Sana23.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1388778
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
mirzo golib maktublarida felga oid kategoriyalarning ifodalanishi

“Mukammal Urduye mualla” (“To‘liq a’lo urdu”) 
“Urduye mualla” ning bu nashri 1922 yil iyul oyida Kanpurdagi “Matba 
Majidi” bosmaxonasida 384 sahifadan iborat qilib chop etilgan. 
Bu nashrgacha “Urdue mualla”ning yuqorida sanab o‘tilgan to‘plamlarida 
maktub jo‘natilganlarning ro‘yxati berilmagan edi va bir kishiga yozilgan jamiki 
xatlar bir joyda berilishi o‘rniga tartibsiz holda kiritilgan edi. Kitobning boshida 
qisqagina G‘olibning hayot yo‘li – biografiyasi berilgan. Har bir adresatga 
yuborilgan xat bir yerga jo qilingan. Xatlarning ro‘yxatida har adresatning ismini 
to‘g‘risiga uning nomiga jami jo‘natilgan soni yozilgan
31
.
31
.ص ٤٨ – .١٨٨٤ ،گرام بلاغ ناویا ،ٹویٹیٹسنا بلاغ :۔یلد یئن – .لوادلج.طوطخ ےک بلاغ .مجنا قیلخ 


25 
“Urduye mualla mukammal” (“To‘liq urdue mualla”) 
G‘olibning bu xatlar to‘plami “Matba Karimiy” bosmaxonasida kitobfurush 
savdogar Shayx Mubarak Ali tomonidan 1922 yil sentabrda chop etildi. U 420 
sahifadan iborat. Kitobning so‘z boshisida 15 sahifadan iborat G‘olibning hayoti va 
ijodiga doir ayrim muhim voqealar yoritilgan. Oldingi “Mukammal Urduye 
mualla”dan buning farqi, bunda ilova ham bor. Ilovada Sher Muhammad 
Sarhushning 6 sahifadan iborat nasriy bayoni bor. Unda G‘olib xatlarining ba’zi 
jihatlari bayon etilgan
32
 
“Adabi Xutute G‘alib” (“G‘olibning adabiy xatlari”) 
Bu to‘plamning tuzuvchisi Mirza Muhammad Askariy bo‘lib, 53 sahifadan 
iborat so‘z boshida G‘olib xatlarining ayrim jihatlari batafsil bayon qilingan. Bu 
to‘plamning ajralib turuvchi jihati shundaki, unda G‘olibning adabiyotga daxldor
xususan G‘olibning ba’zi g‘azallaridan olingan baytlarning ma’nolari ochib 
berilgan. Xotimada G‘olib maktub yo‘llagan 33 ta kishining hayot yo‘li yoritib 
berilgan. Kitob 304 betdan iborat bo‘lib, Laknaodagi “Nizami Press” 
bosmaxonasida chop etilgan. 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling