Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
vodiysining aholisi-so‘g‘dlar boshiga tushdi. Iskandar yurishlarini
bayon qilgan tarixchilar xotiralarida Politimet daryosi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Arrian Politimet keng teritoriyaga chuzilgan va qumliklarga kirib yuqolib ketgan daryo deb yozadi.Politimed so‘g‘d tilida namich -“mashhur”, “shonli” (nom so‘zidan olingan.) Arablar istilosidan keyin dastlabki asrlarda daryo nomi esdan chiqarilgan. XIII asrdan boshlab yozma manbalarda uchraydi. Buyuk ipak yo‘li chorrasida joylashgan Samarqand qad rostladi. Qurg‘on shaharlar, obod qishloqlar qad ko‘tardi. Maroqanda bu - Samarqandning yunoncha nomi (miloddan avvalgi IV asr milodiy IV asrlar). Aslida Samarqandning qadimgi nomi Sug‘d yozma manbalarida Smarakansa bo‘lib, uni yunon tarixchilari Marokanda deb yunonchaga ugirib olganlar. Samarqandning Marokanda nomi XVII asrdan so‘ng Yevropa tarixchilarining asarlari orqali kirib kelgan. Arxeologik tadqiqot natijalariga ko‘ra, dastlab, miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Marokanda atrofi mudofaa devorlari bilan o‘ralgan qal’a-qo‘rg‘on bo‘lganligi aytilga. Miloddan avvalgi VII asrdan shahar devori devg‘ishtlardan qayta tiklangan. Uning shimoliy qismida hukmdor qarorgohi - Arki a’lo joylashgan. Yunon mualliflari Arrian, Strabon va Kurstiy Kvint Ruflarning ma’lumotlariga ko‘ra, miloddan avvalgi 329 -yilda Aleksandr qo‘shinlari Hindukushdan oshib o‘tib uni zabt etib, vayron qilgan. O‘sha kezlarda shahar maydonining aylanasi 12 km bo‘lgan. Aleksandr qo‘shinlariga qattiq qarshilik ko‘rsatgan sug‘d qahramoni Spitamen qo‘shinlari to‘satdan paydo bo‘lishidan cho‘chigan yunonlar shaharda o‘z harbiy garnizonini saqlash maqsadida shahar qal’a devorini qayta tiklatgan. Strabonning ma’lumotlariga ko‘ra, Spitamen boshchiligidagi qo‘zg‘olon bostirilgach, Aleksandr yana Marokandani vayron qilishni buyurgan. Keyinchalik shahar atrofidagi mudofaa devori mahalliy hokimlar tomonidan antik davrga xos 75 an’ana asosida qayta tiklangan. Marokanda miloddan avvalgi VIII asrdan to milodiy IX asrgacha sug‘diycha Smarakansa, so‘ng forsiycha Samarqand, IX asrdan turkiycha Semizkent nomi bilan manbalarda uchraydi. Keyinroq Samarqand nomi shaharning mutlaq nomiga aylandi. Milodiy III-IV asrlardagi xalqlarning Buyuk ko‘chishi davrida O‘rta Osiyo orqali ko‘chmanchi qabilalar to‘lqini o‘tib, bu qabilalar qisman vohalarda o‘troqlashdi. Milodiy I ming -yillik o‘rtalarida bu hudud eftaliylar davlati,keyin qudratli Turk xoqonligi tarkibiga kiradi. Sug‘d savdogarlari, samarqandlik tijoratchilarning nufuzi Turk xoqonligi davrida ortdi.Turk xoqonlari Xitoydan o‘lpon sifatida oladigan ipaklarni samarqandlik savdogarlar sotishgan va Turk xoqonlari undan manfaatdor bo‘lganlar. Xitoy solnomalarida Samarqandda bolalar besh yoshidan savodga o‘rgatilganligi, hunarlar va savdo bobidagi bilimlarni egallaganligi, tashabbuskorlik va tadbirkorlik ko‘nikmalarni orttira borganligi haqida xabar berganlar. Sug‘d shaharlarida me’mochilik rivojlanib,bir necha qavatli shinam uylar,rasmlar va haykallar bilan bezatilgan saroy va ibodatxonalar qad ko‘tardi. Shahar savdogarlari Xitoy, Eron, Misr, Suriya, Hindiston, Vizantiya bilan savdo qilgan. 712 -yil Samarqand Qutayba ibn Muslim qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. Istilochilar so‘g‘d shaharlarini taladilar. Arab tarixchisi at- Tabariy Xurosonga tayinlangan noiblar tomonidan Samarqanddagi ma’budlar talangani va ulardagi oltinlar, qimmatbaho toshlar yig‘ib olinib, vayron qilib tashlangani haqida yozgan. VIII asrning ikkinchi yarmi IX asrda shahar vayronalardan qayta tiklangan. IX-X asrlarda Samarqand hunarmandlari oltin va kumush belbog‘lar, noyob metaldan ishlangan zargarlik buyumlari, zeb ziynat buyumlari ko‘plab tayyorlandi. Samarqand sopoli nihoyatda chiroyli bo‘lgan. G‘arbiy Yevropa muzeylarida Samarqandning sirli spool idishlari saqlanadi. Samarqandni qog‘ozi Sharq va G‘arbning hamma mamlakatlarida mashhur bo‘lgan. Samarqandning yuqori sifat va qiymatga ega kumush dirhamlari Italiya,Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Golland yerlari va Kiyev Rusi knyazligining o‘rta asr shaharlaridan topilgan xazinalar orasida uchraydi. 76 X asr arab geografi Istaxriy Samarqandni “Movarounnahrning quruqlikdagi bandargohi” deb ta’riflagan. Samarqand savdogarlari Misrdan tortib Xitoy va Hindistongacha mashhur bo‘lishgan. IX asr oxirida Somoniylarning poytaxti Buxoro bo‘lsada iqtisodiy va madniy va ilmiy markaz Samarqand bo‘lgan. Arab geograflari “iqlimlar” ni ajratib ko‘rsatganda, Buxoroni Samarqand Sug‘di tarkibiga kiritadilar. 887 -yilda birinchi marta somoniylarning kumush tangalari Samarqandda zarb qilingan. IX-XII asrlarda shahar hayoti shahriston devorlaridan tashqariga chiqib, Cho‘ponota tepaliklaridan tortib Darg‘om daryosi etaklariga Zarafshon vodiysining bepoyon kengliklariga yoyildi. Shaharga suv maxsus qo‘rg‘oshin quvur “Jo‘yiarziz” orqali keltiriladi. XI asrda Samarqand Qoraxoniylar davlati tarkibiga mulk sifatida kirgan. Garbiy tarmog‘ining poytaxti bo‘lgan. Ana shu vaqtda shahar hayotida yangi bosqich boshlandi. Bu yerda Tamg‘ochxon Ibrohim qasri va ko‘p ustunli Juma masjidi, shifoxona, madrasalar, shaharlik aslzodalarning uylari va hunarmandlarning dahalari bunyod etildi. Shaharning janubiy qismida yirik diniy markazlardan biri barpo etilib, u sayyohlarning piri Hazrat Xizr masjidi va Qusam ibn Abbos maqbarasi va sag‘anasi birlashtirildi. Arxeologlar tadqiqoticha XI asrga ta’luqli me’moriy yodgorliklarning qoldiqlari topildi. Qoraxoniylar davriga Shohizinda katta shuhrat topdi. 960-970 -yillarda Samarqandga kelgan Ibn Havqalning yozishicha, Shahar “Movarounnahr nozik ta’b odamlari yig‘ilgan joy bo‘lib, ularning eng yaxshilari Samarqandda tarbiyalanganlar”. XIII asr boshlariga kelib shahar Xorazmshohlar davlati tarkibiga kirgan. Muhammad Xorazmshohning buyrug‘i bilan Samarqand shahar devorlari mustahkamlanib jome’ masjidlar, qal’a qo‘rg‘onlar bunyod etildi. Bu davrdagi savdo aloqalari haqida Xitoy chinnisi va Suriya shishasi, Xorazm harbiy aslaha-anjomlari va oltin idishlari dalolat beradi. Biroq bunyodkorlik jarayoniga 1220 -yilning mart oyidagi Chingizxonning katta qo‘shin bilan Samarqandga bostirib kirishi jiddiy zarar ko‘rsatdi. Noyob Jo‘yi-arziz quvuri buzib tashlandi. Shahar suvsiz qoldirildi.Afrosiyobdagi hayot so‘ndi va qayta tiklanmadi. Shahar atrofi- rabotdagina davom etdi. Shahar anch yillar xaroba holatda qolib ketgan. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling