Utopiklar, Marks va Radikallar
Download 62.84 Kb.
|
Utopiklar, Marks va Radikallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dialektik materializm
Kommunistik manifestda Marks va Engelsning jamiyat va siyosat tabiati haqidagi nazariyalari umumlashtiriladi, ya'ni ularning o'z so'zlari bilan aytganda, "jamiyat tarixi shu paytgacha sinfiy kurashlar tarixi bo'lgan". Shu bilan birga, o'sha davrdagi kapitalistik jamiyat oxir-oqibatda sotsializm bilan almashtirilishi haqidagi g'oyalarni ham qisqacha aks ettiradi .Dialektik materializm - marksizmning falsafiy taʼlimoti. Materializm va dialektikaning uzviy birligidan tashkil topganligi uchun D. m. deyiladi. D. m.ning asosiy tamo-yillarini 19-asrning 40-y.larida K. Marks va F. Engels taʼriflab bergan. D. m. materiya dunyoning yagona asosi, ong materiyaning xossasi ekanligiga asoslanadi, narsa va hodisalar oʻrtasida yalpi oʻzaro aloqa bor degan qoidadan kelib chiqib, dunyodagi harakat va rivojlanishni uning ichki ziddiyatlari natijasi deb eʼtirof etadi. D. m.ning asosiy tushunchasi — materiya, uning mavjudlik usuli — harakat, asosiy shakllari — fazo va vaqt. D. m.ning asosiy qonunlari: qaramaqarshiliklar birligi va kurashi qonuni, miqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarshilariga oʻtishi konuni, inkorni inkor qonuni. D. m. taʼlimotiga koʻra, bilimning asosi va haqiqat mezoni — amaliyot. D. m. har qanday diniy va idealistik qarashni, fikrlashni gʻayriilmiy deb hisoblaydi. Sobiq SSSR davrida D. m. tushunchalari fan, madaniyat va umuman ijtimoiy hayotning yagona nazariy asosi deb eʼlon qilindi, kommunistik partiyaning mafkurasi va siyosatiga xizmat qildirildi. D. m.ni ilm-fan, ijtimoiy amaliyot sohalariga bevosita qoʻllash, uni "yakkayu-yagona, birdanbir toʻgʻri falsa-fa"ga, ilmiy bilishning "tanho uslubi"ga aylantirish harakatlari avj oldi. Shoʻrolar tuzumining rasmiy falsafasi, ilm-fanning birdan-bir uslubiy asosi boʻlib keldi. D. m. falsafiy fikr tarixida turfa dunyoni turlicha idrok etuvchi, oʻrganuvchi va talqin qiluvchi falsafiy oqimlarning biridir.Dialektik materializm - marksizmning falsafiy taʼlimoti. Materializm va dialektikaning uzviy birligidan tashkil topganligi uchun D. m. deyiladi. D. m.ning asosiy tamo-yillarini 19-asrning 40-y.larida K. Marks va F. Engels taʼriflab bergan. D. m. materiya dunyoning yagona asosi, ong materiyaning xossasi ekanligiga asoslanadi, narsa va hodisalar oʻrtasida yalpi oʻzaro aloqa bor degan qoidadan kelib chiqib, dunyodagi harakat va rivojlanishni uning ichki ziddiyatlari natijasi deb eʼtirof etadi. D. m.ning asosiy tushunchasi — materiya, uning mavjudlik usuli — harakat, asosiy shakllari — fazo va vaqt. D. m.ning asosiy qonunlari: qaramaqarshiliklar birligi va kurashi qonuni, miqdor oʻzgarishlarining sifat oʻzgarshilariga oʻtishi konuni, inkorni inkor qonuni. D. m. taʼlimotiga koʻra, bilimning asosi va haqiqat mezoni — amaliyot. D. m. har qanday diniy va idealistik qarashni, fikrlashni gʻayriilmiy deb hisoblaydi. Sobiq SSSR davrida D. m. tushunchalari fan, madaniyat va umuman ijtimoiy hayotning yagona nazariy asosi deb eʼlon qilindi, kommunistik partiyaning mafkurasi va siyosatiga xizmat qildirildi. D. m.ni ilm-fan, ijtimoiy amaliyot sohalariga bevosita qoʻllash, uni "yakkayu-yagona, birdanbir toʻgʻri falsa-fa"ga, ilmiy bilishning "tanho uslubi"ga aylantirish harakatlari avj oldi. Shoʻrolar tuzumining rasmiy falsafasi, ilm-fanning birdan-bir uslubiy asosi boʻlib keldi. D. m. falsafiy fikr tarixida turfa dunyoni turlicha idrok etuvchi, oʻrganuvchi va talqin qiluvchi falsafiy oqimlarning biridir.Download 62.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling