Utopiklar, Marks va Radikallar

Download 62.84 Kb.
bet5/6
Sana09.11.2023
Hajmi62.84 Kb.
#1759127
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Utopiklar, Marks va Radikallar

Radikalizm (lotincha radix – ildiz) – siyosiy tuzum va ijtimoiy institutlarni tubdan oʻzgartirishga qaratilgan gʻoya va harakatlarni ifodalovchi siyosiy, diniy oqim. Radikalizm umumeʼtirof etilgan anʼanalarga butunlay zid munosabatda boʻlib, keskin harakatlarni yoqlab chiqadi. Tarixda bu atama moʻtadil islohotlar tarafdorlariga nisbatan ham qoʻllangan. Masalan, Buyuk Britaniyada (1832) “Islohotlar toʻgʻrisidagi Bill”ning muxoliflariga nisbatan radikalizm atamasi qoʻllangan. Keyinroq esa utilitarizm asoschilaridan I.Bentam va uning izdoshlari “falsafiy radikallar” deb ataldi. Hozir qator soʻl siyosiy partiyalarga nisbatan ham radikalizm tushunchasi qoʻllanadi. Oʻrta asrlar soʻnggi va Yangi davr boshida radikalizm demokratiya shiorlari bilan chiqdi. Uning tarafdorlari (Lokk, Russo va boshqa) notabiiy ijtimoiy munosabatlar va sharoitlarni radikal tarzda oqilona tartiblar bilan almashtirish gʻoyasini ilgari surdi. Anarxistlar esa jamiyatdagi huquqni himoya qiluvchi idoralarning ortiqchaligi, inson erkini tubdan kengaytirish lozimligini yoqlab chiqdi. Ularning gʻoyaviy rahnamosi U.Godvin inson aql-zakovat va erkinlik ramzidir, shuning uchun uning erkini cheklash kerak emas, degan gʻoyani ilgari surdi. Hozirgi davr radikalizmga xos boʻlgan xususiyatlardan biri ijtimoiy hayotning ham nazariy, ham amaliy muammolarini hal qilishda zoʻrlik usulidan foydalanishga moyillikdir. Tinch yoʻl bilan hal qilish mumkin boʻlgan oddiy muammolarni yechishda ular kuch, zoʻravonlikdan foydalanishga intiladi. Tarixning burilish nuqtalarida, tanglik yuz bergan holatlarda radikalizm avj oladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling