Ўқув бўлими Автомобиль йўлларида ишлар сифати назорати, назоратчи мухандислари малакасини ошириш йўналишининг


Download 148.25 Kb.
bet8/14
Sana14.07.2023
Hajmi148.25 Kb.
#1660278
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Битирув малака ишини ёзиш тартиби

3. Gidroizolyatsiya materiallari


Gidroizolyatsiya materialari inshootlar yoki ularning qismlariga atrof muxitdagi nam sizib kirishidan ximoya qilish uchun xizmat qiladi. Ularning suv о‘tkazmasligi yuqori bо‘lishi tashqi muxitda yemirilmasligi, yetarli darajada egiluvchan va deformatsiyaalanuvchan bо‘lishi kerak. Bunday materiallarga gidroizol, izol, brizol, folgoizol, metalloizol, shishaizol va boshqalar kiradi.
Gidroizol – qoplamasi о‘ramli material bо‘lib, asbest kartonga neft bitumlarini shimdirish yо‘li bilan tayyorlanadi. Gidroizol о‘ramining eni 950 mm, yuzasi 20 m2 qilib ishlab chiqariladi.
Izolbu asos materialsiz, biologik jixatdan turg‘un о‘ramli material bо‘lib, bitum rezinali bog‘lovchi tо‘ldirgichdan, plastifikatordan va antiseptikdan olinadi. U eni 800 va 1000 mm, qalinligi 2 mm va uzunligi 10-12 m li о‘ramlarda chiqariladi. Bu material uzoq muddatda va yuqori xaroratga chidamli, bir oz suv shimadi va sovuqda elastikligini saqlaydi.
Izol bino va inshootlarning konstruksiyalarida bug‘ va suv о‘tkazmaydigan material sifatida, shuningdek ishlab va yassi tomlarning ikki va uch qatlamli yopmalari uchun tombop material sifatida ishlatiladi. U qaynoq bitum mastikalariga yopishtiriladi. Katta yuzalarni gidroizolyatsiyalashda izol polotnolari qirralarini payvandlab va choklarni qizigan tekislagich bilan tekislab, yaxlit yopma qilib biriktiriladi.
Brizol – rezina uvoqlari, neft bitumi, asbest tо‘ldirgich va plastifiqatorlardan tayyorlanadigan asosi bо‘lmagan gidroizolyatsion о‘ramli material xisoblanadi. Brizol qalinligi 2 mm va yuzasi 10 va 15 m2 bо‘lgan о‘ramlar kо‘rinishida ishlab chiqariladi.
Brizol yer osti inshootlarini gidroizolyatsiyalash, yer osti metall quvurlarini zanglashdan ximoyalash, shuningdek tomlarga yopish uchun mо‘ljallangan. Brizol bitumli yoki bitum – rezinali mastikalarga yopishtiriladi. Katta yuzlarni gidroizolyatsiyalashda uning polotnolari izol polotnolari kabi payvandlanadi.
Folgoizol – pastki tomondan bitumli ximoya tarkibi bilan qoplangan taram –taram yoki silliq yupqa folgadan qilingan ikki qatlamli о‘ramli materialdir. Folgoizol polotnosining eni 960 mm, umumiy yuzasi 10 m2 bо‘lgan о‘ramlarda chiQariladi.
Folgoizolning tashqi yuzasi atmosfera ta’siriga chidamli loklar yoki bо‘yoqlar bilan bо‘yalgan bо‘lishi mumkin.
Folgoizol – suv о‘tkazmaydigan va puxta material, ekspluatatsiya qilish davrida qarov talab qilmaydi. Folga qaytarish xususiyatiga ega bо‘lgani uchun undan yopilgan tomni quyosh nurlaridan qizish xarorati shunga о‘xshash qora rangli tomlarning xaroratidan past bо‘ladi. U ishlov berishga mos, egiluvchan, yaxshi kesiladi va mix bilan qoqiladi.
Vazifasiga qarab folgoizol gidroizolyatsion va tombop bо‘lishi mumkin. Gidroizolyatsion folgoizoldan truboprovodlar issiqlik izolyatsiyasining ximoya gidroizolyatsiya qatlamini yasash, tom yopmalari choklarini germetizatsiyalash uchun foydalaniladi. Tombop folgoizol qiyaligi va konfiguratsiyasi turlicha bо‘lgan tomlarning ustki qatlamini qosil qilishga mо‘ljallangan.
Metalloizol – ikkala tomondan neft bitumi bilan qoplangan alyuminiy folgadan iborat о‘ramli materialdir. Metalloizol yuzasi 5 m2 о‘ramlarda chiqariladi. Bu material uzilishga juda chidamli, yaxshi egiladi, hamda puxta. Metalloizol yer osti inshootlarining yuqori darajada mustaxkamlik talablari qо‘yiladigan yelimlanadigan gidroizolyatsiyasi uchun xizmat qiladi.
Shishaizol – о‘ramli material bо‘lib, shisha tolali holat yuzasiga bitum – rezinali mastikani ikkala tomondan yuritish yо‘li bilan olinadi. Shishaizol bino va inshootlar yuk kо‘taruvchi konstruksiyalarining yelimlanadigan gidroizolyatsiyasi uchun, shuningdek yassi tomlarni yopishda ishlatiladi.



Download 148.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling