Ўқув бўлими Автомобиль йўлларида ишлар сифати назорати, назоратчи мухандислари малакасини ошириш йўналишининг
Download 148.25 Kb.
|
Битирув малака ишини ёзиш тартиби
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neft bitumlari
Tabiiy bitumlar – qora yoki tо‘q-jigarrangdagi qattiq moddalar yoki qovushqoq suyuqlik bо‘lib, tabiatda sof kо‘rinishda yoki chо‘kindi tog‘ jinslari (oxaktoshlar, qumtoshlar) ga shimilgan holatda uchraydi. Bundan kо‘p ming yillar muqaddam neft yer qobig‘ining ustki qatlamlariga kо‘tarilib, tog‘ jinslarini tо‘yintirgan, sо‘ngra bug‘lanuvchi moddalar asta-sekin bug‘lanib ketishi natijasida tabiiy bitum hosil bо‘lgan. Tarkibida 5% dan 20% gacha tabiiy bitum bо‘lgan asfalt –tog‘ jinslarini qaynoq suv yoki organik erituvchilar bilan ishlab olinadi.
Qizdirilganda tabiiy bitum sekin-asta yumshaydi, sovitilganda esa qotadi. Tabiiy bitum suvda erimaydi, lekin uglerod sulfid, benzol, xloroform, skipidar va boshqa organik erituvchilarda oson eriydi. Qurilishda tabiiy bitum tanqis va narxi yuqori bо‘lganligi tufayli asosan bitum laklarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Mayda kukun kо‘rinishidagi asfalt jinslaridan asfalt mastikasi va asfalt betonlarini olish uchun foydalaniladi. Neft bitumlari – neft va uning smolali qoldiqlarini qayta ishlash maxsuloti xisoblanadi. Olish usuliga qarab bitumlar qoldiq, oksidlangan va kreking neft bitumlariga bо‘linadi. Qoldiq bitumlar (gudron) neftdan xaydash yо‘li bilan benzin, kerosin va moylarining bir qismini ajratib olishdan keyin hosil bо‘ladi. Normal xaroratda ular qattiq moddadan iborat. Oksidlangan bitumlar neft qoldiqlari orqali xavo puflab о‘tkazilib olinadi, bunda ular kislorod ta’siri ostida oksidlanadi va zichlanadi. Kreking bitumlari esa neft va neft maydalarining yuqori xaroratda (krekinglashda) parchalanish maxsulotidir. Neft bitumlarining rangi qora yoki tо‘q qо‘ng‘ir bо‘ladi. Qovushqoqligiga qarab ular qattiq, yarim qattiq suyuq bitumlarga bо‘linadi. Qattiq va yarim qattiq neft bitumlari qurilish, tombop yoki yо‘l bitumlariga bо‘linadi. Qattiq yoki yarim qattiq neft bitumlari uralma gidroizolyatsion va tombop materiallarni, bitum mastikalari, laklari va boshqalarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Qurilishda neft bitumlaridan foydalanilganda bitum markasi hamda ayni joyning iqlim sharoitlari va bitumning ishlatilish soxasiga qarab bitum aralashmasi tanlanadi. Download 148.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling