Tombop о‘ramli materiallar. Tombop о‘ramli materiallar maxsus qatron yoki shisha toladan uni organik bog‘lovchilar bilan shimdirish yо‘li bilan tayyorlanadi, keyin esa bir yoki ikkala tomonidan tо‘ldirg‘ichli qiyin eriydigan neft yoki qatronli bog‘lovchilar surtiladi hamda sepiladi. Ular eni turlicha, uzunligi 1030 m bо‘lgan о‘ramli kо‘rinishida chiQariladi. Xozirgi zamon qurilishida tombop о‘ramli materiallar keng ishlatiladi. Ular 3-5 qatlam qilib yopishtirilganda tomda suv о‘tkazmadigan monolit tom gilami yuzaga keladi. Ular yengil, tomni ozgina qiyalatib qurish imkonini yaratadilar, kimyoviy ta’sirlarga Qarshilik kо‘rsatish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, о‘ramli materiallardan tom qilinganda qurilishdagi metall sarfi (pо‘lat list) ancha qisqaradi va bir yо‘la pо‘lat yopmalardan foydalanishdagi xarajatlarga nisbatan xarajatlar kamayadi. Lekin ijobiy xossalari bilan bir qatorda ushbu materiallarning kamchiliklari ham bor: ular uzoq chidamaydi, oson yonadi.
Shimdirish turiga kо‘ra о‘ramli tombop materiallar bitumli, qatronli, qatron-bitumli, gudrokamli bо‘ladilar.
Tombop bitumli materiallar – xilma xil bо‘lib, ularning eng kо‘p qо‘llaniladigani ruberoid va pergamindir.
Ruberoid – neft bitum shimdirilgan kartondan tayyorlangan о‘ramli materialdir. Uning yuzasi ikkala tomondan qiyin eriydigan neft bitumlari va sepma-mayda tuyilgan talk yoki boshqa mineral kukun qatlami bilan qoplangan.
Texnik shartlarni qoniqtiradigan ruberoidning qirqimi shimdirilmagan och rangli qatlamlarsiz qora rangga ega bо‘ladi, о‘ramda polotno yopishib qolmaydi, yon tomonlari tekis bо‘ladi. polotnosining eni 1000, 1025 va 1050 mm, о‘ramdagi polotnoning umumiy yuzasi 5, 7, 10 va 15 m2.
Tomga yopiladigan gilamning sifati qatlamlarning bir-biriga puxta yopishtirilishiga bog‘liq bо‘ladi.
Birinchi qatlamni asosga, sо‘ngra esa keyingi qatlamlarni yopishtirish uchun qaynoq yoki sovuq bitum mastikalari ishlatiladi. Ruberoid polotnosi ustma-ust, ya’ni qо‘shni polotnoni 7-10 sm qoplab yopishtiriladi. Navbatdagi qatlam oldingisiga shunday yopishtiriladiki, bunda pastdagi choklar qoplanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |