Ўқув бўлими Автомобиль йўлларида ишлар сифати назорати, назоратчи мухандислари малакасини ошириш йўналишининг


Bitum va qatron asosida tayyorlanadigan materiallar


Download 148.25 Kb.
bet5/14
Sana14.07.2023
Hajmi148.25 Kb.
#1660278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Битирув малака ишини ёзиш тартиби

2. Bitum va qatron asosida tayyorlanadigan materiallar
Organik bog‘lovchi moddalar asosida qorishmalar va betonlar tayyorlanadi. Ularni nomi ishlatiladigan bog‘lovchi turiga mos keladi.
Asfalt qorishmasi – bitumli bog‘lovchining qum bilan aralashmasidir. Qorishmadagi bitumning umumiy miQdori odatda 9-11 % bо‘ladi. Asfalt qorishmalari qurilishda trotuarlar, sanoat binolari va omborlarning pollarini qoplash uchun, yassi tomlar qilish, plitali va parketli pollar uchun asos sifatida keng kо‘lamda ishlatiladi. Asfalt qorishmasi yotqiziladigan joyga avtosamosvallarda tashiladi va zichlangan quruq asosga 2 – 3 qatlam qilib yotqiziladi, keyin qorishma dastaki tekislagichlar bilan tekislanadi yoki mexanik katoklar yordamida zichlanadi. Bitum soviganda qorishma qotadi.
Asfalt beton – bitum, mineral kukun, qum va yirik tо‘ldirgich (maydalangan tosh yoki shag‘al) dan iborat aralashmani zichlash natijasida olinadigan sun’iy materialdir. Asfaltbeton tarkibini saralashda asfaltbetonning talab etilgan mustahkamligi va tegishli issiqka chidamliligini ta’minlash uchun bitum markasi va bog‘lovchi hamda mayda tuyilgan mineral qо‘shimchalar nisbati tanlanadi.Asfaltbeton tarkibidagi bitumning umumiy miqdori massasi bо‘yicha 56% ni tashkil etadi. Yirik tо‘ldirgich sifatida kо‘pincha yirikligi 10-40 mm bо‘lgan mayda toshlardan foydalaniladi.
Asfalt betonning afzalliklari – transport о‘tishi uchun zarur bо‘lgan qarshilikni ta’minlaydigan yuqori mexanik mustahkamligi, elastiko-plastik deformatsiyaalana olishi, qoplamalarda tekis sirt hosil bо‘lishi va oson tozalanuvchanligidir.
Asfalt betonlari issiq va sovuq holatda yotqiziladigan turlarga bо‘linadi .
Issiq asfaltbeton aralashmalarini tayyorlash uchun oldindan quritilgan va 180-2000S gacha qizdirilgan mayda qum va maydalangan tosh eritilgan bitumli aralashtirgichga yuklanadi va yaxshilab qoriladi. Tayyor issiq aralashmalar qurilish joyiga avtosamosvallarda tashiladi hamda yotqizilgandan keyin о‘zi yurar katoklar vositasida zichlab tekislanadi.
Sovuq holatda yotqiziladigan asfaltbeton aralashmalari suyuq bitumlar asosida tayyorlanadi. Bunday asfaltbeton aralashmalar yotqizilgandan keyin suyuq bitumlar bog‘lanadigan tashkil etuvchilarining bug‘lanishi natijasida bir necha kun davomida qotadi.Sovuq asfaltbetonlarning narxi issiqlayin yotqiziladigan asfaltbetonlarning narxiga nisbatan ancha past, lekin ular uncha chidamli emas.
Asfaltbeton avtomabil yо‘llari, kо‘chalar, sanoat sexlari, omborlar, saqlash joylari va yordamchi xonalarning pollarini qoplash uchun ishlatiladi.
Qatronli qorishmalar va betonlarni olish texnologiyasi asfalt materiallarnikiga о‘xshashdir. Ularni tayyorlash uchun bog‘lovchi sifatida toshkо‘mir qatroni (yoki pek) ning mayda tuyilgan mineral kukun bilan aralashmasidan foydalaniladi. Lekin qatronli qorishmalar va betonlarning suv ta’siriga, yeyilishiga, issiQga chidamliligi va mustahkamligi asfalt qorishma va betonlarnikiga nisbatan past bо‘ladi, shu sababli ular qurilishda ikkinchi darajali yо‘llarni qoplash uchun ishlatiladi.

Download 148.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling