Ўқув бўлими Автомобиль йўлларида ишлар сифати назорати, назоратчи мухандислари малакасини ошириш йўналишининг


Download 148.25 Kb.
bet3/14
Sana14.07.2023
Hajmi148.25 Kb.
#1660278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Битирув малака ишини ёзиш тартиби

Bitumlarning xossalari. Neft bitumlarining sifatini va markalarini aniQlaydigan asosiy xossalari – qovushqoqligi, yumshash va о‘t olish xarorati, chо‘ziluvchanligidir.
Qovushqoqlik ignali penetrometrda о‘lchanadi. Ignaning bitumga kirish chuqurligi qancha katta bо‘lsa, uning qovushqoqligi shunchalik kichik bо‘ladi.
Bitumning yumshash xarorati «xalqa va shar» asbobida aniqlanadi. Bitumning ushbu xossasi uning turli xarorat sharoitlarida foydalanishga yaroqligini kо‘rsatadi.
Bitum bilan ishlashdagi texnologik parametrlarni aniqlash uchun о‘t olish xaroratini bilish katta axamiyatga ega, u maxsus asbobda о‘lchanadi. О‘t olish xarorati deganda bitum namunasining bir qismi yoki butun yuzasi ustida birinchi kо‘k alanga paydo bо‘ladigan xarorat tushuniladi.
Bitumning chо‘ziluvchanligi namunani duktilometrda chо‘zish yо‘li bilan topiladi. CHо‘zilgan namunaning uzilish paytidagi uzunligi (sm xisobida) bitum chо‘ziluvchanligining kо‘rsatkichi xisoblanadi.
Yuqoridagi xossalar bir-biriga bog‘liq. Masalan, qattiq bitumlarning yumshash xarorati yuqori bо‘ladi, lekin chо‘ziluvchanligi kichik, ya’ni nisbatan mо‘rt bо‘ladi, aksincha, uncha yuqori bо‘lmagan xaroratda yumshaydigan bitumlar juda chо‘ziluvchan, ya’ni katta plastiklikka egadirlar.
Neft bitumlari zich strukturaga ega, ularning g‘ovakligi amalda nolga teng, shu sababli suv о‘tkazmadi, kislotalar, ishqorlar, ishqorli suyuqliklar va gazlar ta’siriga hamda sovuqqa chidamli bо‘ladi. Ular tosh materiallari, yog‘och materiallari va metallar bilan puxta tishlashish xususiyatiga ega, lekin organik erituvchilarda eriydi, ishlash sharoitlarida quyosh nuri va havo kislorodi ta’siri ostida eskiradi, natijada qattiqligi va murtligi ortadi.
Bitumlar yog‘och bochkalarda, bidonlarda, faner yoki metall-faner barabanlarda, qog‘oz qoplarda tashiladi. Ishlatiladigan joygacha bu materiallar isitish qurilmalari bilan jixozlangan temir yо‘l sisternalarida tashilishi ham mumkin.
Bitumlarni quyosh nurlaridan va yog‘in-sochinlardan ximoyalash uchun ularni maxsus omborlarda yoki bostirma ostida saqlash lozim.

Download 148.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling