Uv rejasida "Texnologiya" fanining qo’yilishi va uning tarixiy taraqqiyoti


Download 78.39 Kb.
bet5/13
Sana06.04.2023
Hajmi78.39 Kb.
#1331878
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
texnolgik ta\'lim metodikasi

3.Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi (materialshunoslik, asbob-uskunalar va moslamalar, mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi). Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi bo’limi. O’quvchilar gazlama turlari, xususiyatlari, ularga ishlov berish, bichish-tikish asoslarini o’rganadilar; kiyimlar turlari, ahamiyati, tikuv, yigiruv asbob-uskunalari va mashinalari, ularning turlari, tuzilishi va ishlashi bilan tanishadilar; gazlamaga ishlov berish texnologiyasi xalq hunarmandchiligi tarmoqlari: kashtachilik, do’ppido’zlik, zardo’zlik, quroqchilik, popopchilik, milliy o’yinchoqlar tayyorlash va boshqa yo’nalishlarining asoslarini egallaydilar; gazlamaga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; gazlamaga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to’g’risidagi ma`lumotlarga ega bo’ladilar.

4.Buyumlarini ta`mirlash. O’quvchilar pol qoplamalari hamda mebellarning laklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash; oyna romlarini kichik ta`mirlash va qishda issiqlikni saqlash usullari; xizmat ko’rsatish sohalariga oid kasb-hunar turlari; pol qoplamalari hamda mebellarning laklangan va qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ish usullari; yurtimiz me`morchiligi tarixi, xona intereri hamda jihozlanish dizayni; sohaga oid yurtimizda tarkib topgan an`analar hamda zamonaviy taraqqiyot yo’nalishlari; xona va fanlar bo’yicha o’quv kabinetlarida mebel va qo’shimcha jihozlarni joylashtirish sxematik tasviri hamda eskizlarini tayyorlash; taklif etilgan echimlar asosida xonalarni jihozlash; shahar va qishloq uylarida suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik ta`minoti tizimi va undan foydalanish qoidalari; uy va xonadonlarni ta`mirlash ishlarining asosiy turlari; ta`mirlashda qo’llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari; uy va xonadonlarni ta`mirlashda qo’llaniladigan asosiy ish asboblari; suv ta`minoti tizimi, suv quvurlari, ventil va jo’mraklarni sozlashda mayda ta`mirlash ishlarini bajarish; qurilish va ta`mirlash bilan bog’liq kasb-hunarlar bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar.


Download 78.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling