Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya


Download 332.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana12.02.2023
Hajmi332.96 Kb.
#1190785
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
182-сон 25.03.2020

8-bob. Yakunlovchi qoidalar
54. Ariza beruvchi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga, talabgor
va pudrat tashkiloti uy-joyning haqiqiy qiymatiga, ishtirok etuvchi tijorat banki taqdim etilgan


ipoteka krediti summasi va foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiya to‘g‘ri
hisoblanishiga javob beradi.
55. Uy-joy sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun
ajratiladigan ipoteka krediti talabgor bilan tuzilgan ipoteka krediti shartnomalari shartlariga rioya
etilishi ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan nazorat qilinadi.
56. Ishtirok etuvchi tijorat banki har chorakda Moliya vazirligi bilan birgalikda talabgorning
ipoteka krediti bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish grafigi va ajratilgan foiz uchun subsidiya summasi
asosida solishtirma dalolatnomani rasmiylashtiradi.
57. Ishtirok etuvchi tijorat banki foiz uchun subsidiya bo‘yicha oxirgi to‘lov amalga
oshirilgandan so‘ng 10 kun ichida Moliya vazirligiga ushbu subsidiya to‘lab berilishi yakunlangan
talabgorlar ro‘yxatini taqdim etadi.
58. Moliya vazirligi tomonidan foiz uchun subsidiya ortiqcha to‘langanda, keyingi oyda
talabgorga subsidiya avval to‘langan ortiqcha to‘lovni hisobga olgan holda to‘lanadi.
59. Ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki siyosatida belgilangan muddatlarda ipoteka
kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni surunkali ravishda to‘lamaslik oqibatida bekor qilingan ipoteka krediti
shartnomalari bo‘yicha undiriladigan mablag‘lar (shu jumladan, garovdagi uy-joyning sotilishi)
hisobidan talabgorga boshlang‘ich badal va foiz uchun ajratilgan subsidiya ipoteka krediti bo‘yicha
garovga qo‘yilgan uy-joyning sotilgan qiymatidan belgilangan tartibda tegishli tuman (shahar)
g‘aznachilik bo‘limining hisobvarag‘iga ushbu banklar tomondan to‘liq miqdorda qaytariladi.
60. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratilishi, talabgorlarga subsidiya
hisoblanishi va to‘lanishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
61. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari
yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
62. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida
belgilangan tartibda javob beradilar”.
Uy-joy sotib olish yoki yakka
tartibdagi uy-joylarni qurish va
rekonstruksiya qilish uchun
fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi
to‘g‘risidagi 
nizomga
1-ILOVA

Download 332.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling