Alisher Navoiy. - Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tug`ildi.
- Sharq madaniyatining salmoqli zarvaraqlarini tashkil etuvchi notiqlik san`ati tarixiga oid talaygina manbalar bor bo’lsa-da, ulardan hech biri Alisher Navoiy qoldirgan meros kabi qimmatli va boy emas.
- Navoiy o’z davrining buyuk mutafakkiri, so’z ustasi bo’lish bilan birga, kishilarga yaxshi so’z bilan ta`sir eta bilish san`atini juda qadrlovchi, ulug`lovchi, bunday san`at ustalariga e`tibor qilib, ehtirom ko’rsatuvchi bir shaxs edi.
Navoiyning fikricha, voiz quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim: - Voizning so’zlari ta`sirchan va foydali bo’lmog`i lozim. Voiz kerakki «qolalloh» so’z aytsa.
- Nutq tinglovchi uchun yangilik bilimlar va o’zgarishlar xabarchisi bo’lmog`i lozim. «Va`z bir murshid va ogoh ishidur va aning nasihatin qabul etgan maqbul kishidur».
- Notiqning o’zi biror sohani egallagan bo’lishi va undan so’ng va`z orqali kishilarga ta`sir etishi lozim.
- Notiq olim va bilimdon har narsadan xabardor kishidur. «Voizkim, bo’lg`ay olim va muttaqiyaning nasihatidin chiqqan shaqiy».
- Notiqning so’zi bilan ishi bir bo’lmog`i lozim. Aks holda nutqning ta`siri bo’lmaydi. «Ulki buyurib o’zi qilmag`ay, hech kimga foyda va asar aning so’zi qilmag`ay».
- Alisher Navoiy qadrlagan voizlardan biri – Xoja Muayyad Mehnagiy mashhurgina emas, balki notiq, donishmand, yuksak bilim egasi bo’lgan, mavjud bilimlarni o’rganib qolmasdan, ularni takomillashtirgan, to’ldirgan. U mozorda shayxlik qilsa - da, o’zini xalqqa juda yaqin tutgan va o’z bilimini ularga berishga intilgan: «va`z majolisi bag`oyat garm va pursho’r voqe` bo’lur erdi».
- Xo’ja Mehnagiy muvaffaqiyatlari va mahoratining kaliti bilim doirasining keng, mazmunan chuqur ekanligida edi. Navoiy iborasi bilan aytsak, u «zohir ulumin» bo’lgan, ya`ni o’sha davrda ajdodlarimiz to’plagan bilimlarning deyarli hammasini puxta o’zlashtirgan, buning ustiga ularni boyitgan ham.
- Mehnagiy o’z davrining zo’r suxandonlaridan biri, hokisor shayx bo’lishiga qaramay, benazir donishmandligi, zo’r voizlik zakovati tufayli hatto toj-taxt, arkoni davlat a`yonlarini ham ta`zim qildira oladigan notiq edi.
Mavlono Riyoziy - Alisher Navoiyning yozishicha: «Va`z aytib, minbarda o’z ash`orin o’qur, yig`lab vajdi hol qilur». Ko’rinadiki, Riyoziy nutq so’zlaganda, uning ta`sirchanligini ta`minlashda, ijrochilikni birinchi o’ringa qo’yadi. Kerak bo’lganda, o’z nutqini kishilar qalbiga yaqin olib, ular bilan birdamlikni, qayg`usiga, iztirobiga sheriklikni bildirish maqsadida yig`lashgacha borib etadiki, bu nutq ijrochiligidagi ulkan qobiliyatdan dalolat beradi.
- Mavlono Riyoziyning xalqqa yaqinligini, nutqining ta`sirchan va emotsionalligini ta`minlashda, uning ijtimoiy kelib chiqishi va ahvoli ham muhim rol o’ynaganligi ko’zga tashlanadi. Riyoziy avval Zova viloyatida qozi bo’ladi.
- Xulosa shuki, boy ilm sohibi, hayot - mamot uchun ayovsiz kurash olovida toblangan va voizlik san`atida shuhrat qozongan Riyoziy o’zining darbadar, xokisor qismati bilangina emas, balki g`oyaviy ezgu amallari, ijrochilik uslublari, murabbiylik mahorati bilan ham zamondoshlari orasida yaqqol ajralib turgan. Taxallusidan ham, sezilib turibdiki, u uzluksiz riyozat chekkan, ammo mashaqqatli mehnati, mardonavor jasorati va benazir voizlik mahorati, ma`rifatparvarligi tufayli o’ziga mangu haykal o’rnatib ketgan suxandondir.
SHARQDA NUTQIY SАN’АTLАR ОG‘ZАKI NUTQ - 1. Vоizlik
- 2. Nоtiqlik
- 3. Suхаndоnlik
- 4. Qissаgo‘ylik
- 5. Rоviylik
- 6. Bаdihаgo‘ylik
- 7. Аskiyachilik
- 8. Mаddоhlik vа hоkаzо.
YOZMА NUTQ - 1. Dаbirlik
- 2. Kоtiblik
- 3. Munshiylik
- (mirzоlik) vа hоkаzо.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |