Lug`at yozilganda muallifning keksayib qolganligini hisobga olsak, u XI asr boshlarida tug`ilgan deb hisoblash mumkin. - Lug`at yozilganda muallifning keksayib qolganligini hisobga olsak, u XI asr boshlarida tug`ilgan deb hisoblash mumkin.
- Mahmud Koshg`ariyning turkiy tillarga bag`ishlangan ikkita asar yozganligi ma`lum. Ulardan biri «Javohirun nahv fil lug`atit turk» («Turkiy tillarning (sintaksisi) javohirlari» deb, ikkinchisi esa «Devonu lug`atit turk» («Turkiy so’zlar to’plami») deb ataladi.
- Uning semasiologiya sohasidagi fikrlari ham juda qimmatli. U so’zlarning ma`nolarini izohlabgina qolmay, ma`no o’zgarishlari yuzasidan ham nozik kuzatishlar olib borganligi ma`lum. Ma`noning kengayishi, torayishi va ma`no ko’chish usullari bilan birga so’zlardagi omonimiya va sinonimiya hodisalari ham asarda tilga olinadi.
- Mahmud Koshg`ariyning boshqa tillardan so’z olish masalasidagi pozitsiyasi uni bizning davrimizga yaqinlashtiradi. Chunki Mahmud Koshg`ariy turmushda ishlatiladigan asbob va boshqa narsalar, kiyimlar, ovqatlar, dorilar nomlari sifatida kirgan chet so’zlarni zarur va foydali deb hisoblagan, bunday so’zlarni o’z asariga kiritgan. Ammo ona tilida mavjud bo’lgan so’zlar o’rnida chet so’zlardan foydalanishni zararli deb hisoblagan. Masalan, o’g`uzlarning qumg`on so’zi o’rnida forscha oftoba so’zini ishlatishlarini u tanqid qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |