Mahmud Koshg`ariy - Tilshunoslik tarixida Mahmud Koshg`ariy salmoqli o’rin egallaydi. U tilshunoslikning juda ko’p sohalari bo’yicha qalam tebratdi. Qiyosiy - tarixiy tilshunoslikning otasi, fonetist - fonolog, leksikolog, leksikograf, turkiy tillar sarf va nahv ilmining asoschisi sanaladi.
- S.Mutalibov ta`kidlaganidek, Mahmud Koshg`ariy yaratgan «Devonu lug`otit turk» asari faqat o’sha davr uchungina katta voqea bo’lib qolmay, bugungi turkologiya fani uchun ham o’z qimmatini saqlab kelmoqda. U haqli ravishda turkologiya fanining asoschisi hisoblanadi.
- Mahmud Koshg`ariyning hayoti haqida juda oz ma`lumotga egamiz. Uning to’liq ismi Mahmud Ibn-ul Husayn Ibn Muhammad-al-Koshg`ariydir. Mahmud Koshg`ariyning tug`ilgan yili aniq emas. Lekin «Devon»ning oxirida bu «kitob umrini oxiriga etkazganini» quyidagi misralarda bayon qiladi:
-
- «Kuchandi bilagim, eg`udi tilagim,
- Tilindi bilagim, tegrab angar jartilur».
Do'stlaringiz bilan baham: |