Az-Zamaxshariy dastlabki bilimni ona yurti Zamaxsharda o’z davrining o’qimishli kishilaridan sanalgan otasidan oladi. Uning shaxsiy hayotiga doir ma`lumotlardan yana shu narsa ma`lumki, uning bir oyog`i bo’lmay, yog`och oyoqda yurgan. Manbalarda cho’loqligining sabablari haqida ham turli - tuman rivoyatlar keltiriladi. Tarixchilardan ba`zilari, qahraton qishda sovuq olganligidan, deb yozsa, ayrimlari, bolaligida otdan yiqilgan deydi, yana boshqasi yoshligida bir nojo’ya ish qilib qo’yganligi uchun onasining qarg`ishiga uchragan, deb yozadi. Ammo yoshligidan ilmga havasmand Mahmud oldiniga Xorazmda – madrasada, keyinchalik Buxoroda hamda dong`i ketgan madrasalarda tahsil oladi. - Az-Zamaxshariy dastlabki bilimni ona yurti Zamaxsharda o’z davrining o’qimishli kishilaridan sanalgan otasidan oladi. Uning shaxsiy hayotiga doir ma`lumotlardan yana shu narsa ma`lumki, uning bir oyog`i bo’lmay, yog`och oyoqda yurgan. Manbalarda cho’loqligining sabablari haqida ham turli - tuman rivoyatlar keltiriladi. Tarixchilardan ba`zilari, qahraton qishda sovuq olganligidan, deb yozsa, ayrimlari, bolaligida otdan yiqilgan deydi, yana boshqasi yoshligida bir nojo’ya ish qilib qo’yganligi uchun onasining qarg`ishiga uchragan, deb yozadi. Ammo yoshligidan ilmga havasmand Mahmud oldiniga Xorazmda – madrasada, keyinchalik Buxoroda hamda dong`i ketgan madrasalarda tahsil oladi.
- Az-Zamaxshariy o’z davrining buyuk olimi darajasiga ko’tarildi. U tilshunoslik, adabiyot, jo’g`rofiya, tafsir, hadis, fikh va ilmi alqiroatga oid ellikdan ortiq asarlar yaratdi. Ularning ko’pi bizgacha yetib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |