- Unsurulmaoliy Kaykovus Kaspiy dengizining janubiy qirg`og`ida yashagan Gilon qabilasidandir. U 412 - hijriy, 1021-1022 - milodiy yilida mayda feodal oilasida tug`ildi. «Qobusnoma»ni 475-hijriy, 1082-1083 milodiy yilida yaratdi. Bu haqda Kaykovus asarida: «Sana 475 da boshladim» - deb ma`lumot beradi. Bu davrda Kaykovus 63 yoshda bo’lib, anchagina keksayib qolgan edi, u o’g`liga: «Pisaram, man pir shudam» - deb o’zining qariganligidan ma`lumot beradi va o’z asari «Qobusnoma»ni o’g`liga bag`ishlaydi.
- «Qobusnoma» 44 bobdan iborat bo’lib, bulardan to’rt bobi diniy xarakterdadir, qolgan 40 bobi hayotiy voqealarni ifoda etadi.
- Kaykovus o’z asarida yoshlarning xulq - atvoriga alohida e`tibor berdi. Ularga insonparvar bo’lishni, xalqqa shirin muomala qilishni ta`kidladi. Shuningdek, do’st va dushmanga qanday munosabatda bo’lish kabi masalalarni ham asarida yoritdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |