Uzaqova zulayxoxon maxamadjon qizi guruh rahbarining jamoada shaxsni shakllantirishdagi faoliyati


Download 198.5 Kb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi198.5 Kb.
#1403248
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Uzaqova Zulayxo 443


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

SIRTQI BO‘LIMI


5111700 – BOSHLANG'ICH TA'LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH YO‘NALISHI (sirtqi)


4-KURS 443 - GURUH TALABASI
UZAQOVA ZULAYXOXON MAXAMADJON QIZI


GURUH RAHBARINING JAMOADA SHAXSNI
SHAKLLANTIRISHDAGI FAOLIYATI
mavzusidagi






Qayddan o‘tkazildi:________
Maxsus sirtqi bo‘limi boshlig’i:
_______ prof.L.Qurbonova
№____ «____»____ 2023___yil




Ish ko‘rib chiqildi va himoyaga tavsiya etildi
Kafedra mudiri: ______ dots.N.Abdullаyeva
Ilmiy rahbar: _______ A.Umarov



Andijon – 2023
Mavzu: Guruh rahbarining jamoada shaxsni shakllantirishdagi faoliyati
Reja:
I.KIRISH:
II.ASOSIY QISM:

  1. Guruh rahbarining jamoani tashkil etish bolani tarbiyalash metodikasi.

  2. Bolani jamoada rivojlanishining tarbiya usullari.

  3. O‘quvchilarni tarbiyalashda jamoaning roli

  4. Jamoada o’z-o’zini boshqarish ahamiyati.

III.XULOSA:
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab, ta’limga ustuvor soha sifatida qarab kelinmoqda. Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni jahon andozalari darajasiga ko’tarish jamiyatni yangilash, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy o’zgarishlarning tub negizini tashkil etadi.
“ Men doimo ziyoli, olim, ijodkor insonlar bilan suhbatlashishga intilaman va bunday muloqotlarni hamisha sog‘inaman. Nega desangiz, olimlik Olloh nurini solgan ulug‘ bir martaba. Bu martabadan jamiyatning butun vujudiga nur, ziyo taraladi. Olimlarning suhbatidan inson o‘ziga beqiyos ma’naviy boylik oladi, qalb kengliklarini, tafakkur teranligini his qiladi ” –deb, ta’limni rivojlantirish bo’yicha fikr bildirdi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.
Ta’lim sohasidagi islohotlar yosh avlodning bilimli, mustaqil va erkin fikr yuritadigan, ongli intizomga ega bo’lgan shaxs bo’lib shakllanishini nazarda tutadi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’lim islohotlarining asl mohiyatini tushuntirar ekan: “O’quvchi va o’qituvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashi juda qiyin kechayapti. O’qituvchining bosh vazifasi o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko’pincha yaxshi tushunamiz, lekin, afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz. Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta bilim kerak. Ammo bilim o’z yo’liga, mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”1 - deb alohida ta’kidlagan edi.
O’zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplarida “Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi” asosiy tamoyil sifatida ko’rsatib o’tilgan.
Ushbu tamoyilga asosan, O’zbekistonda insonparvar, demokratik, huquqiy davlat, ochiq, fuqarolik jamiyati barpo etish, jamiyatni ma’naviy yuksaltirish, bozor iqtisodiga o’tishni bosqichma-bosqich amalga oshirishga yo’naltirilgan jamiyat qurish uchun ta’lim islohotlarida o’quvchi shaxsining har tomonlama uyg’un kamol topishi, erkin va mustaqil fikr yuritishga yo’llaydigan ta’limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish shart-sharoitlari va qulay mexanizmini yaratish muhim vazifa qilib qo’yiladi.
Mazkur talablar “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi”ning ta’lim to’g’risidagi asosiy qoidalariga tayanilgan. Asosiy Qonunda “O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat xisoblanadi”- deb alohida ko’rsatib o’tilgan.
Ta’lim to’g’risidagi qonunda “Yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarni ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga” yo’naltirilishi alohida ta’kidlab o’tilgan. Mazkur talab oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlar shaxsini kasbiy, madaniy va ijtimoiy jihatdan yaxlit tarzda shakllantirishni shart qilib qo’yadi.
Respublikamizda zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashdagi asosiy tamoyillar sifatida ta’limni insonparvarlashtirish va ijtimoiylashtirish; ularning asosi sifatida esa milliy va umuminsoniy madaniy qadriyatlar aniq belgilab olingan.

Download 198.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling