Uzaqova zulayxoxon maxamadjon qizi guruh rahbarining jamoada shaxsni shakllantirishdagi faoliyati


Jamoada o’z-o’zini boshqarish ahamiyati


Download 198.5 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi198.5 Kb.
#1403248
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Uzaqova Zulayxo 443

4. Jamoada o’z-o’zini boshqarish ahamiyati.
Jamoada muomalani tashkil etganda, o‘quvchilar muhitida mavjud bo‘lgan haqiqiy guruhlarni nazarda tutish, bir-biriga mehr bilan qaraydigan va o‘zaro do‘stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur. Pedagog bu guruhlarning xususiyatlarini, ularning yo‘nalishi, qiziqishlari, malakasini va hokazolarini bilishi, hisobga olishi va ulardan foydalanishi kerak.
Jamoa ishini tashkil etishda va amalga oshirishda vazifalarni taqsimlash vaqtida mazkur xususiyatlarni hisobga olish ishining samaradorligini oshiradi. Bu hol guruhdagi muomalani jamoaning qiziqishlari sohasiga va jamoaning qiziqishlarini guruhdagi muomala sohasiga olib kiradi. Masalan, jamoa yotarli darajada obro‘ qozongan, jamoatchilik yo‘nalishiga ega bo‘lgan guruhga muayyan bir tadbirni tayyorlash va o‘tkazishga boshchilik qilishni topshirsa bo‘ladi. Qandaydir o‘ziga xos qiziqishlarii bor guruhga butun jamoa uchun bu qiziqishlarga mos keladigan ishning tashabbuskori va tashkilotchisi bo‘lish taklif etiladi va hokazolar.
Jamoa faoliyatini tashkil etishda o‘quvchilarning shaxslararo real, ya’ni aniq mavjud bulgan aloqalarini hisobga olish ikki xil maqsadga: guruh a’zolarini jamoa hayotiga jalb qilish va ular o‘rtasidagi muomalaga ta’sir ko‘rsatish bundan tashqari o‘z oldilariga qo‘ygan har bir maqsadiga erishish imkonini beradi.
Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi hamisha bir xil bo‘lavermaydi. Sababi odamning xulqiga, munosabatiga va aloqalariga yoshi, bilimi, hayotiy tajribasi, odatlari va nihoyat, vaziyat ham ta’sir etadi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri aniqlash va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar doirasiga, turli vaziyatlarda kuzatib ko‘rish lozim. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy xulqi, ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ro‘yobga chiqadi.
Bolaning kamolotiga, ruhiyatiga, fe’l-atvori shakllanishiga quyidagi omillar ta’sir etadi: biologik omil, ijtimoiy omil va tarbiya ta’sir etadi.O‘rta Osiyo mutafakkirlaridan Farobiy, Abu Ali Ibn Sinolar ham inson tarbiyasiga ta’sir etadigan omillar ahamiyatiga e’tibor berib kelganlar.
Farobiy inson kamolotida ta’lim-tarbiyaning muhimligini ta’kidlab: «munosib inson» bo‘lishi uchun odamda ikki imkoniyat: ta’lim va tarbiya olish imkoniyati bor.
Ta’lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa, bu kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yashirishga olib boradigan yo’llar deydi. Abu Ali ibn Sino etika va axloqiy tarbiya masalalarini falsafiy pedagogik asosda yoritib berishga yordam beradi.
U ayniqsa oila tarbiyasida ota-onaning o‘rniga alohida to‘xtalib: bola tug‘ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo‘yishi, so‘ngra esa uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak. Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa oila baxtli bo‘ladi degan fikrni ilgari suradi.
Bola shaxsining rivojlanishiga, kamol topishiga irsiyat, muhit va tarbiya kabi omillar ta’siretadi. Bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta’siri deganda, ota-onalarga o‘xshashlikni ifodalovchi biologik belgilarni takrorlanishini tushunmoq kerak.
Har bir bolaga ota-onasidan meros shaklida ba’zi biologik sifatlarga (tananing tuzilishi, sochning, ko‘zning, terisining rangi, buyi-basti va boshqalar) ega bo‘lgan holda dunyoga keladi. Bularning barchasi jismoniy xususiyatlarga kiradi. Bulardan tashqari oliy nerv faoliyatining xususiyatlari ham tug‘ma o’tishi mumkin, bu esa fiziologik xususiyat hisoblanadi.
Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma’suliyat hissini uyg‘ota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, jamoa mansublik hissini paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi, jamoaga bilan munosabatda bo‘lish ehtiyojini oshiradi. Jamoa a’zolari orasida o‘zaro yaqinlik, hissiy birlik (bir-birini yoqtirish) yuzaga keladi. Ushbu munosabat ko‘pincha o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi hamda ular pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun qo‘l keladi. Ruhiy va hissiy jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini mazmuniga ular orasidagi hosil bo‘lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog‘liqdir.
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki ,jamoani tashkil etganda o‘quvchilar muhitida mavjud bo‘lgan haqiqiy guruhlarni tuzish, bir-biriga va o‘zaro do‘stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur.
Pedagog bu guruhlarni xususiyatlarini ularning yo‘nalishi, qiziqishlari, malakasini bilishlari hisobga olish va foydalanish kerak. Jamoa ishni tashkil etishda va amalga oshirishda vazifalarni taqsimlash vaqtida mazkur xusiyatlarni hisobga olish ishining samarodorligini oshiradi. Ikkinchi tomondan bu hol guruhdagi muammolarni jamoaning qiziqishlari sohasiga va jamoaning qiziqishlarini guruhdagi muomila sohasiga olib kiradi.
Jamoa faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchilarning shaxslararo real mavjud bo‘lgan aloqalarni hisobga olish ikki xil maqsadga erishish: guruh a’zolarini jamoa hayotiga jalb qilish, ular o‘rtasiga muomalaga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi.
Guruh rahbari va o‘quvchilar jamoasi o‘z niyatlari va ishlarida birgadirlar. Jamoani shakllantirish yuzasidan olib boriladigan barcha ishlar juda qiziqarli bo‘lib, bu ish guruh rahbarining asosiy ishi bo‘lib hisoblanadi. O‘quvchilarni inoq jamoaga birlashtirgan mohir guruh rahbari qo‘lida tarbiyalangan odam baxtlidir.
Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashda o‘quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo‘ladigan munosabatlarini tahlil etish bilangina cheklanib bo‘lmaydi. Guruh rahbarinnng o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o‘quvchilar jamoasini shakllantiradi. Shuning uchun guruh rahbari dastavval: bolalarning o‘qishga qanday munosabatda ekanliklarini, o‘zlarini darsda qanday tutishlarini, uy vazifalarini sidqidildan bajarishlari yoki bajarmasliklarini aniqlaydi. Va nihoyat, eng muhimi ularning o‘qishdagi mo‘ljallari nimalardan iborat, bu mo‘ljallar ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi.
Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashning eng ishonchli usuli – o‘quvchilarni ular bilan darsda, darsdan tashqarida, maktabda, maktabdan tashqarida o‘zaro faol hamkorlik qilish darajasida kuzatishdan iboratdir.



Download 198.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling