Uzaqova zulayxoxon maxamadjon qizi guruh rahbarining jamoada shaxsni shakllantirishdagi faoliyati


Download 198.5 Kb.
bet2/6
Sana30.04.2023
Hajmi198.5 Kb.
#1403248
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Uzaqova Zulayxo 443

Kurs ishning maqsadi: Guruh rahbarining jamoada shaxsni shakllantirishdagi faoliyatini nazariy va amaliy jihatdan asoslash.
Kurs ishning vazifasi:
1. Guruh rahbarining jamoani tashkil etish bolani tarbiyalash metodikasi.
2. Bolani jamoada rivojlanishining tarbiya usullarini o’rganish.
3. O‘quvchilarni tarbiyalashda jamoaning roli ochib berish.
4. Jamoada o’z-o’zini boshqarish ahamiyati yoritib berish.
Kurs ishning ob’ekti: Guruh rahbarining jamoada shaxsni shakllantirishdagi faoliyati jarayoni.
Kurs ishning predmeti: Jamoada shaxsni shakllantirishdagi faoliyati mazmuni, metodlari, shakl va vositalari
Kurs ishining metodologik asosi. O`zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyovning nutq va ma’ruzalarida maktabgacha ta’limni rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir fikrlari hamda yondashuvlari, O`zbekiston respublikasi Hukumati, O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017-2021 yillarda boshlang’ich ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish Dasturi, boshlang’ich ta’limni sifat va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan me’yoriy Hujjatlari, mavzuga oid ilmiy­pedagogik, psixologik, metodik manbalar.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kirish, 4 qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar 25 sahifadan iborat.


1. Guruh rahbarining jamoani tashkil etish bolani tarbiyalash metodikasi.
Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelishida jamoa faoliyatining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, namuna bo‘lishi o‘z burchini aniq va puxta bajarishi hamda o‘z mavqelarini suiste’mol qilmasliklari juda muhimdir. Bu o‘rinda A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan «jamoa vijdoni» deya bergan ta’rifini eslab o‘tish joizdir.
Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega bo‘lsada, ayni paytda uning o‘ziga ham oshirilgan talablarning qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir.
Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to‘xtab qolishi mumkin emas, Chunki faoliyat ko‘rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina xolos. Jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda to‘xtatib qolinsa, jamoa faolini guruhning boshqa a’zolari bilan qarama-qarshi qo‘yish havfi tug‘ilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning barcha a’zolarining faol faoliyatga o‘tishi zarur sanaladi.
Jamoa-kishilarning shunday muayyan guruhi bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu guruh a’zolari o‘zaro birlik, a’zolarning munosabatlar jarayonidagi tengligi asosida unga rahbarlik qilish va bir-biriga bo‘ysunishi, shuningdek, jamoa oldidagi javobgarligi asosida muayyan faoliyatni olib boradilar.
XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o’zining «Tadbiri manzil» nomli ilmiy asarining maxsus «Amuzish va parvarishi modrasas farzand» («Bolalarni maktabda o’qitish va tarbiyalash») bo’limida o’quvchilarga jamoali o’qitish haqida quyidagi tavsiyalarni beradi:

  1. agarda o’quvchilar birgalikda o’qisalar, ular zerikmaydilar, fanni o’rganishga qiziqish kuchayadi; ularda bir-birlaridan ortda qolmaslik uchun o’zaro musobaqalashish istagi rivojlanadi, ular bolaning o’qishi yaxshilanishiga yordam beradi;

  2. o’zaro suhbatlarda o’quvchilar kitobdan o’qish yoki kattalardan eshitgan qiziqarli ma`lumotlarni bir-birlariga aytib beradilar;

  3. bolalar birgalikda, yig`ilganlarida bir-birilari bilan do’stlashadilar va bir-birlarini hurmat qiladilar; ular faqatgina musobaqalashmaydilar, balki bir-birlariga o’quv materiallarini o’zlashtirishda yordam beradilar; bu bilan bolalar mag`rurlanadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni o’rganadilar2.

Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatining maqsadi hisoblanadi. Ayni ko‘rsatgich, uni shakllantirish vositasi bo‘lib, uning yordamida jamoaning barcha yoki har bir a’zosini tarbiyalar yaxshi samaralar beradi.
Jamoaning yetakchi tarbiyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni hosil qilish. Mustahkam xayotiy jarayonni qaror topshirishdan iboratdir. Umumiy o‘rta ta’lim hamda yangi turdagi ta’lim muassasalarida jamoani shakllantirish ma’suliyatli vazifa sanaladi.Jamoani tashkil etganda o‘quvchilar muhitida mavjud bo‘lgan haqiqiy guruhlarni to’plab, bir-biriga va o‘zaro do‘stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur.
Jamoa so‘zi lotincha «Kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma’nolarini anglatadi va jamoa bu kishilardan iborat guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «Jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi.
Birinchidan, jamoa deganda kishilarning istalgan tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan: ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, xo‘jalik jamoasi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. O‘quvchi (tarbiyalanuvchi)larning birlashmasi o‘ziga xos muhim belgilarga egadir. Quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so‘z yuritamiz.
Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash – tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‘ynash to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yotarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.
Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me’yorlari o‘z ifodasini topadi. Jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o‘zaro birlik, uzviy maqsadga muvofiq tashkil etiladi. Shu bois jamoa hayoining bir (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalganligi uning yetakchi belgisi sanaladi.
Har bir jamoa boshqa bir jamoalar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Uning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi.
Jamoani tushunish, uni his etish hamda shaxsni shakllantirishdagi o‘rni va rolini to‘g‘ri baholay olish umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsadning qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatning birligini namoyon etadi hamda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.



Download 198.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling