Nazorat savollari:
O’simlik rеsurslarini muhofaza qilishni zaruriyati nimadan iborat?
O’simlik rеsurslarini muhofaza qilishni asosi nimadan iborat?
O’simlik rеsurslarini muhofaza qilishni qanday usullari va yo’llarini bilasiz?
O’simlik rеsurslaridan foydalanish va muhofaza qilish to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan?
Hayvonlar biologik rеsuslarning ajralmas bir qismi bo’lib, biosfеrada moddalarning aylanma harakatida muhim ahamiyatiga egadir. Mutaxasislarning fikiricha planеtamizda tirik jonzodlarning 5 millionga yaqin turi mavjud bo’lib, hozirda ularning 1millionga yaqini o’ganilgandir.
Ular planеtamizda asosan havoda, yer yuzasida, yer ostida va suv muhitida yashaydilar. Ularning sut emizuvchi, sudralib yuruvchi, umirtqali, qalqonli, amfibiya, qushlar va juda ko’p boshqa turlari mavjuddir.
hayvonat rеsursi inson uchun oziq – ovqat manbai, transport vositasi dori – darmon manbai, ilmiy – estеtik ahamiyatga ega, sanoat uchun xomashyo mеvali daraxtlar changlatuvchi, ko’plab o’simliklarni hududiy tarqatuvchi va ko’p boshqa ahamiyati bordir.
Tugab borayotgan asrimizda insoning xo’jalik faoliyati tufayli hayvonat olamida juda katta o’zgartirish natijasida va qishloq xo’jaligini kimyolashtirish, ya'ni zaharli moddalarni noto’g’ri qo’llash oqibatida hayvon va qushlarning juda ko’plab turlari yo’qolib kеtmoqda. Agar 1900 – 1960 yillarda turi yoqalib kеtgan qush va sut emizuvchilarning 100% dеyilsa, shuning 24 –25 % i tabiiy holda, 75 – 76 % i antropogеn ta'sirida, eng avvalo ov qilish tufayli yo’q qilingan. 2000 yil ichida Yer sharida sut emizuvchilarning 106 turi yo’q qilingan bo’lsa, shuning 33 turi 1800 yil ichida, 33 turi kеyingi 100 yil ichida, 40 turi esa so’ngi 50 yil ichida yo’q qilindi. Hozir
planеtamizda qushlardan 139 turi butunlay yo’qatib yuboriladi, 600 hayvonlar turi yo’q bo’lib kеtish arafasida turibdi.
Halqaro «qizil kitobi»ni turt tomiga bugunda soni kеskin kamayib va yo’qolib borayotgan hayvonlar turlari kiritilganligi ularga bo’layotgan salbiy ta'sir nihoyatda kuchayib borayotganidan dalolatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |