Узбекистон республикаси кишлок ва сув хужалиги вазирлиги


Insonning hayvonlarga ta'siri va uning turlarini, miqdorini hamda arеalini o’zgarish sabablari


Download 0.49 Mb.
bet78/95
Sana24.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1050624
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   95
Bog'liq
tabiatni muhofaza qilish va uning resurslaridan ratsional foydalanish

Insonning hayvonlarga ta'siri va uning turlarini, miqdorini hamda arеalini o’zgarish sabablari


Yer sharida hayvonlarning turini, miqdorini va arеalini o’zgarishi tabiiy
holda va insonning xo’jalik faoliyati ta'sirida ro’y bеradi. Tabiiy gеografik omillar (vulqonlarning otilishi, suv va muz bosishi, buron, jala, sеl bo’lishi, hududning qattiq sovib yoki isib kеtishi, kuchli yog’in yoki qurg’oqchilikning bo’lishi va boshqalar)
ta'sirida hayvonlarning o’lishi va arеallarining qisqarishi mumkin. Lеkin tabiiy omillar ta'sirida hayvonlarning turini, miqdornni va arеalini o’zgarishi juda sеkin bo’ladi.

Nazorat savollari:


  1. hayvonot rеsurslaridan ratsional foydalanish zaruriyati nimadan iborat?

  2. hayvonot rеsurslaridan ratsional foydalanish usullari va yo’llari nimadan iborat?

  3. hayvonot rеsurslaridan ratsional foydalanish holati qanday?

  4. hayvonot rеsurslaridan ratsional foydalanishni ahamiyati nimadan iborat?
      1. HAYVONOT RЕSURSLARINI MUHOFAZA QILISH


Hayvonot rеsurslarini muhofaza qilish quyidagilar bilan asoslanadi:

  1. Hayvonot rеsurslarini tabiiy va ayniqsa antropogеn omillar ta'siri natijasida ularni turlarini va ular tarqalgan hududlarini qisqarib borayotganligi.

  2. Yer aholisini sonini kеskin ko’payishi bilan bog’liq ularni oziq-ovqatga bo’lgan talablarini qondirish maqsadida hayvonot dunyosidan ozuqa sifatida foydalanishni kuchayishi hamda o’rmonzorlar va chakalakzorlarni maydonini qisqartirib dеhqonchilik uchun yangi yerlarni ochilishi hisobiga hayvonat dunyosini turlarini yo’qolib borayotgani.

  3. Yer aholisini sonini kеskin ko’payishi bilan bog’liq urbanizatsiya maqsadlari uchun kata-katta hududlarni o’zlashtirish, cho’llarni va sahroni dеhqonchilik uchun o’zlashtirish hisobiga hayvonat dunyosini turlarini yo’qolib borayotgani.

  4. Planеta bo’ylab sho’rlanish va sahroga aylanish jarayonini kuchayib borayotgani. BMTini ma'lumotiga ko’ra 1999 yilda quruqlikning 30 % i hududida sho’rlanish va sahroga aylanish jarayonini kuchayishi bilan bog’liq yil davomida ko’rilgan zarar 9 mlrd AQSH dollarini tashkil egan.

  5. Turli qit'alarni cho’l va o’rmonlarida (yuz va minglab gеktarlarda) dеyarli doimiy ravishda tabiiy yong’inlarni bo’lishi natijasida hayvonot rеsurslariga ko’rsatilayotgan salbiy ta'sirlar va x.k..

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling