Узбекистон Республикаси Олий ва Урта махсус


Bulduruqnamolar qabilasi. Alismatalis


Download 0.71 Mb.
bet42/49
Sana05.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#230617
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi n

1.Bulduruqnamolar qabilasi. Alismatalis.

Bu qabila 2 ta oilani o`z ichiga oladi. SHulardan biri haqida fikr Yuritamiz.



1.Bulduruqdoshlar oilasi –Alismataceae.

Oila vakillarini ko`pchiligi ko`p yillik, ba`zan bir yillik o`t o`simliklardir. Barglari rozetka holda ildiz bo`g’zidan o`sib chiqadi. Gullari to`g’ri, ikki jinsli yoki bir jinsli, soyabon yoki qalqonsimon to`pgul hosil qiladi. Gulqo`rg’oni murakkab, kosacha va tojbarglardan tashkil topgan. CHangchilari 3 ta yoki bir nechta, urug’chisi ham bir nechta mevabargchaning qo`shilishidan hosil bo`lgan. Mevasi pistacha, yong’oqcha yoki ko`sakcha.

Gul formulasi:  Ca3 Co3 A6, ~ G(~)
Oilaning 11 ta turkum va 70 dan ortiq turi uchraydi. SHulardan biri Bulduruq (Alisma plantago agvatica) hisoblanadi. U ildizpoyali tugunaksimon, popuk ildizli o`simlik. CHo`l, adir va tog’ zonasida, ariq, hovuz, ko`l va daryolar bo`yidagi botqoqlik va sernam joylarda o`sadi. Uchyaproqli nayzabarg (Sagittaria trifolia) ham ko`p yillik o`t o`simlik bo`lib, o`sish sharoiti Yuqoridagi o`simlikka o`xshash.

Ahamiyati: Tuganak hosil qiluvchi vakillarining tuganagida kraxmal, oqsil, yog’ va qand moddalari uchraydi. Tugunagini suvda ivitish yo`li bilan achchiq moddalari yo`qotilib, undan oziq-ovqat tayyorlash mumkin. Meditsinada dorilar ham tayyorlanadi.




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling