Uzbekiston respublikasi oliy va urta maxsus ta`lim vazirligi


Download 1.27 Mb.
bet23/45
Sana21.06.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1643803
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
Bog'liq
МУКТ маьруза матн

Fosfatning parchalanishi. Superfosfat olishda ftorapatitning parchalanishi ikki boskichda sodir buladi. Avval erkin fosfat kislota xosil buladi:
Sa5(R04)3F + 5N2S04 + 2,5N20 = ZN3R04 + 5SaS04*0,5N20 + NF.
Bu reakkiya 20-40 minut davomida kamerada superfosfat massasining pishitilishi davrida tugaydi. Kal`tsiy sul`fat yarimgidrat shaklida chukmaga tushadi, ammo juda tez, bir necha minutda angidritga aylanadi, uning shakli tayyor superfosfatda saklanib koladi. Buni superfosfat kamerasidati reaktsion massa xaroratining yukoriligi (110-120°S) va suyuk fazada (birinchi boskich jarayonining oxirida 42-46%) r2o5;) mikdorining kupligi bilan izoxlanadi. Bunday sharoitda kal`tsiy sul`fatning stabil shakli angidrit xisoblanadi (2.2 — rasm).
Sul`fat kislot tula sarflangandan sung ikkinchi boskich jarayoni - kolganapatitning tuplangan fosfat kislota bilan reaktsiyasi boshlanadi:
Sa5(R04)3F + 7NzR04 + 5N20 = 5Sa(N2RO4)2*N20 + NF.
Xosil bulgan monokal`tsiyfosfat dastlab eritmada buladi, uning tuyinishidan kristallanishi boshlanadi. SaO — N3R04 — N2O sistemasidagi muvozanat diagrammasidan kurinadiki (2.3 — racm), eritmadagi R2O5, mikdori 42-46% va xarorat 100°S dan yukori (bu ikkinchi boskich jarayonining boshlanish sharoitiga muvofik keladi) bulganda monokal`tsiyfosfat Sa(N3R04)2*N2O kristallanadi
Stexiometrii nisbatdagi komponentlarning ta`sirlashuvi natijasida sodir buladigan kuyidagi:
2Sa5(RO4)3F + 7N2S04 + ZN2O = ZSa(N2R04)2*N20 + 7SaSO4 + 2NF.
tenglama buyicha boradigan reaktsiyaning birinchi boskich jarayonida 70%, ikkinchi boskichida esa 30% apatit ta`sirlashadi. Birinchi boskichda kup mikdordagi suyuk fazaga tulgan tur tuzilishli mikrokristallardan iborat kal`tsiy sul`fat xosil buladi. Reakkion massaning kotishi sul`fat kislota tuda sarflanguncha sodir buladi, uning ishtirokida monokal`tsiyfosfatning xosil bulishi mumkin emas; shu boisdan massa kotishining sabibini fakatgina kal`tsiy sul`fatning kristallanishiga boglash mumkin. Ikkinchi boskich kamerali etiltirish davrida boshlanadi va omborda maxsulotni uzok vakt (xom ashyo naviga, ishlab chikarish tartibiga va pishitish sharoitiga boglik xolda 6-25 sutka) pishitishda yakunlanadi.
Sul`fat kislotaning me`yori. Fosfatni parchalashga sarflanadigan sul`fat kislotaning stexiometrik me`yori 7N2S04:ZR2O5-, nisbat orkali aniklanadi va u I kicm R2O5, ga 1,61 kism N2S04 tugri keladigan mikdorga teng (bu erda va keyinchalik xam massa nisbatida buladi). Apatit kontsentratida 39,4% r2o5.-) bulsa, 100 kicm xom ashyoga tugri keladigan N2S04 ning stexiometrik me`yori 39,4x1,61 = 63,4 kismni tashkil kiladi. Parchalanishni tezlashtirish maksadida va begona ko`shimchalar borligini xisobga olgan xolda kislotaning amaliy me`yori nisbatan yukori — 68 dan 72 kismgacha olinadi.
Fosforitlardan oddiy superfosfat olishda sul`fat kislotaning stexiometrik me`yorini xisoblash — xom ashyoning kimyoviy va mineralogik tarkibini xamda reakkion muxit kislotaliligining kamayish darajasi buyicha uning parchalanish jarayonida sodir buladigan ikkilamchi reakkiyalarni xam e`tiborga olingan xolda amalga oshiriladi. Ajralib chikadigan kislotalar (N3R04, NF) xam boshlangich xom ashyo komponentlarini parchalaydi. Boshlangich xom ashyo tarkibidagi kal`tsiyning bir kismigina monofosfatga aylanadi, kolganasosiy kismi esa sul`fat kislota sarflanishi xisobiga kal`tsiy sul`fatga aylanadi. Fosfatli anionlarning bir kismi kationli ko`shimchalar — Mg, Fe3+, A13+ bilan byrikadi, natijada monofosfatga aylanadigan kal`tsiyning ma`lum ulushini kamayishiga, ya`ni xosil buladigan SaSO4 mikdorining ortishiga olib keladi;
bu esa sarflanadigan N2S04 me`yorini orttirishni talab etadi.
Fosforitda kal`tsiydan tashkari erimaydigan sul`fatlar xosil kiluvchi boshka elementlar yuk bulganda, sul`fat kislotaning stexiometrik me`yori (p) kuyidagi formula bilan aniklanadi:
p = 98[l/56 - (m/142 - r/40 - g/160 -r/102)]. Bu erda: l, m, r, g, r — xom ashyo tarkibidagi (moc xolda) SaO, R2O5, Mg0, Fe2O3;) va A1203; larning massa buyicha % mikdorlari; 56, 142, 40, 160 va 102 — tegishlicha ularning molekulyar massalari.
Sul`fat kislotaning anik (real) me`yori uning xisoblangan me`yoridan birmuncha kichik buladi, chunki Sa2+ ionining bir kismi F- va SiF62- ionlari bilan xam birikadi. Boshka ko`shimchalar esa uning mikdorini oshirishi mumkin. Shuning uchun xar bir turdagi xom ashyo uchun sul`fat kislotaning amaliy me`yori tajriba yuli bilan belgilanadi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling