Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


-rasm. Me'moriy ansambl va kompleks tushunchalariga amaliyotdan misollar


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

59-rasm. Me'moriy ansambl va kompleks tushunchalariga amaliyotdan misollar: 
a – me’moriy ansambl. Rimda Avliyo Pyotr sobori oldidagi maydon va ansambl (XVII a.);
b – me’moriy kompleks: Olimpiyadagi ehromlar kompleksi (er.av. VIII a.)
а 



120 
Me’moriy komplekslar yaratish ko‘proq moddiy manfaat maqsadlaridan kelib 
chiqadi. Masalan, zamonaviy ko‘p qavatli turarjoy komplekslari, katta zavodlar 
yoki fabrika sexlarining imoratlari, chorvachilik va parrandachilik komplekslari va 
boshqalar. Me’moriy ansamblga misol qilib Samarqand Registonida joylashgan 
imoratlar turkumini ko‘rsatsak, me’moriy kompleksga Buxorodagi savdo toqlari: 
Misgaron va Sar-rofon binolari va ular atrofiga birikkan inshootlar turkumini 
keltirish mumkin.
Bir necha ansambllar turkumi shahar tizimida 
o‘zaro ansambllar kompleksini tashkil etishi ham 
mumkin. Bunga misol qilib Samarqanddagi Shohi 
Zinda maqbaralari majmuasini ko‘rsatsak bo‘ladi. 
Chunki unda shakllanishi jihatidan bir-biridan farq 
qi-luvchi turli xil me’moriy ansambllarni uchratamiz 
(60-rasm). Majmuaning eng yuqori qismida 
"maydon" uslubida shakllanti-rilgan ansamblni 
ko‘rsak, o‘rtalik qismida "juft" uslubidagi 
ansamblni, va nihoyat, pastki ya’ni majmuaga kirish 
qismida erkin shakllangan ansambl turini 
uchratamiz. Shuning uchun ham Shohi Zindani 
yaxlit bir ansambl tarzida loyihalangan inshootlar 
turkumi emas, balki bir necha davrlar davomida 
asta-sekin shakllanib borgan ansambllar turkumidan 
tuzilgan me’moriy kompleks deb tushunish to‘g‘ri 
bo‘ladi. O‘rta Osiyoning Samarqand, Buxoro, Xiva, 
Shahrisabz kabi tarixiy shaharlarining rejasiga 
e’tibor bersak, shahar tizimida alohida turkum qilib qurilgan jamoat binolari, 
mahallalar markazlari va ularning atrofini qurshab olgan turar-joy binolarini 
ko‘ramiz. O‘sha jamoat binolari va mahalla markazlarini me’moriy-rejaviy 
shakllantirishda ma’lum bir tartibotlar, uyg‘unlashgan me’moriy kompozitsiyaviy 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling