Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
-rasm. Bir necha ansambllar
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
- Bu sahifa navigatsiya:
- “qo‘sh” usuli
60-rasm. Bir necha ansambllar
turkumidan shakllangan me’moriy kompleks. Samarqanddagi Shohi- Zinda me’moriy majmuasi: a - yopiq "maydon" ansambli; б - "qo'sh"; в - "juft" ansambllar guruhi. 121 bog‘lanishlar mavjudligini sezamiz. Bunday o‘zaro uyg‘unlashgan me’moriy muhit kompozitsiyasini tashkil etish - bu me’moriy ansambl yaratish san’atining amaldagi ko‘rinishlaridandir. O‘rta Osiyoda ansambllar yaratish san’ati ilk o‘rta asrlardayoq shakllana boshlangan. Ilk o‘rta asrlar (milodiy V-VIII asrlar) shaharsozligiga xos ansambl tuzish san’atini ko‘hna Panjikent xarobalarida uchratamiz. Shaharchaning markaziy qismida arxeologlar bir-biriga parallel o‘qda yondosh holda joylashtirilgan ikki ibodatxonani topishgan (61-rasm). Bu imoratlar bir tarafga qaratilgan tarzlari (fasadi) tufayli parallel o‘qlar vositasida bir-biriga uyg‘unlashib, shahar imoratlari orasida yaqqol ajralib ansambl tashkil qilgan. Imoratlarni bo‘ylama parallel o‘qlar bo‘ylab yondosh joylashtirish asosida uyg‘unlashtirish usulining ushbu ko‘rinishi O‘rta Osiyoning keyingi davr shaharsozligida ham keng qo‘llanilgan. Jumladan, Qirg‘izistonning O‘sh viloyatidagi O‘zgan, Tojikistondagi Sayot maqbaralari, shuningdek Samarqanddagi Shohi Zinda kompleksiga kiruvchi o‘rtalik maqbaralarning joylashuvi bunga misol bo‘la oladi. Ansambl tuzishning bu turiga M.Q.Ahmedov "juft" usuli deb nom bergan. Bu uslubda yonma-yon parallel qurilgan ikki va 61-rasm. "Juft" usulida shakllangan me’moriy ansambl. Qadimgi Panjikent shaharchasidagi imoratlar (V-VIII aa.). 122 undan ko‘p jamoat binolari bosh tarzi bilan ko‘cha yoki maydonning bir tomonidan joylashtirilgan. Ko‘cha yoki maydonning ikki tomonida bosh tarzi bilan bir-biriga qarama- qarshi holda, bir umumiy o‘qda joylashtirilgan jamoat binolarining turkumi ham o‘ziga xos me’moriy uyg‘unlashgan yaxlit kompozitsiyani vujudga keltirgan. Me’moriy ansamblning bu turi “qo‘sh” usuli deb nom olgan. M.Q.Ahmedov ushbu usuldagi ansamblning "ilk namunasi Amir Temur davrida Samarqandda Bibi- xonim masjidi va madrasalarining o‘zaro joylashuvida namoyon bo‘lgan" deb yozadi. Ulug‘bek davrida esa Samarqand Registonida qurilgan va uning nomi bilan nomlangan madrasa va xonaqoh, G‘ijduvondagi Xo‘ja Abdul Xoliq hazirasi va uning qarshisida qurilgan madrasadan iborat turkumlar ham mazkur usulda qurilgan. Buxoro shaharsozligida "qo‘sh" usulidagi ansambl Ulug‘bek hamda Abdula- zizxon madrasalari, Qo‘sh madrasa (Abdullaxon va Modari Xon madrasalari) va Poyi Minor (Masjidi Kalon va Miri Arab madrasasi) misollarida ko‘rinsa, Xivadagi Allaqulixon va Qutlug‘ Murod Inoq madrasalari misolidagi ansamblda namoyon bo‘ladi. Umuman olganda O‘rta Osiyoda "qo‘sh" usulidagi ansambl tuzish san’ati juda keng tarqalgan (62-rasm). Bu usulning keyingi rivoji maxsus maydonning uch yoki to‘rttala tomonidan binolar rostlab "maydon" tipidagi ansambl tuzish san’atini keltirib chiqargan. Binobarin Samarqanddagi Muhammad Sulton madrasasi va uning ro‘parasida joylashgan xonaqoh dastlab "qo‘sh" usulida tashkil etilgan bo‘lsa, 1404 yilda Amir Temur shu maydonning janubiy tomonidan suyukli nabirasi Muhammad Sulton vafoti munosabati bilan maqbara qurishni buyuradi va natijada uch tomonidan imorat solingan maydon paydo bo‘ladi. Keyinchalik Ulug‘bek maqbara yoniga ziyoratxona, maydon burchaklariga va old tomoniga peshtoq sodirib, maydonni o‘rab oladi va hovliga aylantiradi. Samarqanddagi Registon ansambli ham "maydon" uslubida tashkil etilgan. Shuningdek, bu turkumga Shohi Zinda kompleksining eng yuqori qismidagi uch maqbara, Buxorodagi Labi hovuz ansambllarini ham kiritish mumkin (63-rasm). 123 XVI-XIX asrlarda shahar mahallalari va qishloq markazlarida, aholi yashash joylari oraliqlarida hamda chekkalarida, karvon to‘xtaydigan joylarda, muqaddas tabiat o‘choqlari (biror bir buloq, daraxt, tosh, soy singari) va avliyo-anbiyolar sajdagohi yoki qarorgohlari qoshida paydo bo‘lgan ansambllar ham alohida e’tiborga loyiqdir. Ularning asosiy elementlari hovuz, masjid, hujra va bir qator boshqa xonalar yoki inshootlardan iborat. Mahalla ansambllarini Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shahrisabz, Qo‘qon, G‘ijduvon va yana bir qator boshqa shaharlar markazlarida ko‘rish mumkin. Shahar va qishloq tashqarisidagi ansambllar sirasiga esa Samarqand viloyatidagi Xoja Ahror, Xoja Ismoil Buxoriy, Mahdumi A’zam, Qashqadaryo viloyatidagi Xusam Ota, Kasbi qishlog‘idagi ansambl, Buxoro viloyati hududidagi Qiz Bibi, Xoja Ubon va Qosim Shayx singari ko‘pgina ansambllarni kiritish mumkin. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling