I bob. AL va KXK larijda funksiyaning hosilasi va differensiali tushunchalarining kiritilishi va mazmuni.
1. 1-§. AL va KHK lari DTS lari va ishchi dasturlarida mavzuning berilishi
1. AL lari DTS lari va ishchi dasturlarida mavzuning berilishi
Ta’limning mazmuni
1. To‘plamlar nazariyasi va matematik mantuq elementlari. (10 soat)
To‘plam haqida tushuncha. Bo‘sh va qism to‘plam. To‘plamlar usida amallar. Sonli to‘plamlar. Chekli va cheksiz to‘plamlar. Mantiqiy amallar (implikatsiya, konyuksiya, dizyunksiya, ekvivalentlik). Mavjudlik va ixtiyoriylik kvantorlari.
2. Haqiqiy sonlar. (14 soat)
2.1. Natural sonlar. Tub va murakkab sonlar. Arifmetikaning asosiy teoremasi. Tub sonlar to‘plamining cheksizligi. O‘zaro tub sonlar. Bo‘linish alomatlari. EKUB va EKUK. Evklid algoritmi. Natutal sonning bo‘luvchilari soni. Qoldiqli bo‘lish, qoldiqlari bir hil sonlar. Taqqoslama va uning hossalri. Matematik induksiya metodi. To‘la va to‘liqmas induksiya. Bo‘linishga doir masalalarga matematik induksiya metodini qo‘llsh.
2.2. Ratsional sonlar. Butun sonlar. Oddiy kasrlar. O‘nli kasrlar. Davriy kasrlar. Davriy va oddiy kasrlar orasivdagi bog’lanish.
2.3. Davriy bo‘lmagan cheksiz o‘nli kasrlarning mavjudligi. Irratsional sonlar. Kvadrati 2 ga teng bo‘lgan ratsional sonning mavjud emasligi. Irratsional sonlarni taqqoslash. π soni. Son o‘qi. Sonli oraliqlar. Sonning absolyut qiymati (moduli). Son modulining xossalari. Son modulining geometrik ma’nosi. Haqiqiy sonlar va ular ustida amallar. Haqiqiy sonning butun va kasr qismi. Son tushunchasining rivojlanishi. NZQR. nisbat proporsiyalar, prosentlar (foiz) va murakkab prosentlar.
3. Kompleks sonlar (10 soat)
Son tushunchasining rivojlanishi: natural, butun, ratsional, haqiqiy sonlar. Kompleks sonlar va ularning algebraic ko‘rinishi. Kompleks sonlar ustida amallar. Qo‘shma kompleks sonlar. Kompleks sonlarlarning geometric tasviri, trigonometrik ko‘rinishi. Trigonometrik ko‘rinishdagi kompleks sonlarni ko‘paytirish, bo‘lish, darajaga ko‘tarish. Muavr formulasi. Kompleks sondan ildiz chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |